Obameyang "Al Qodisiya"ni tark etdi va Evropaga qaytishi mumkin
18 iyu 2025 15:08
Yangiliklar
Obameyang "Al Qodisiya"ni tark etdi va Evropaga qaytishi mumkin
Hujumchi Per‑Emerik Obameyang Saudiya Arabistonining "Al Qodisiya" klubidan ketdi.
Buni klub matbuot xizmati ham tasdiqladi.
36 yoshli Obameyang Saudiya Arabistoni Pro-ligasida bir mavsum o'tkazdi va yakunda "Al Qodisiya" to'rtinchi o'rinni egalladi. Obameyang 17 ta gol urdi va chempionat to'purarlari ro'yxatida ettinchi bo'ldi.
"Butum qalbimiz bilan sizga kelajakda eng yaxshilarini tilaymiz. Maydonda boringizni berdingiz!", – deyiladi xayrlashuv bayonotida.
Avvalroq "Footmercato" nashri Obameyang 2023/24 yilgi mavsumda o'zi o'ynagan "Marsel"ga qaytishi mumkinligini xabar qilgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar