Serxio Ramosdan "Real"ni tark etgan Lukac Vaskesga samimiy maktub: "Seni sog'inamiz, Piko"
18 iyu 09:56
Yangiliklar
Serxio Ramosdan "Real"ni tark etgan Lukac Vaskesga samimiy maktub: "Seni sog'inamiz, Piko"
— Qadrdon Lukas! Asosiy tarkibda o'tkazgan 10 yil…Sen bu erga bolakay bo'lib kelganding, endi esa uylangan, uch farzandli va 23 ta sovrin sohibisan. Ammo eng muhimi, sen "Real"da o'zingdan mehnatsevarlik, intizom, qatiyat, saxiylik, jamoaviy ruh va kiyinish xonasidagi shodlikni qoldiryapsan. Biz seni juda qadrlardik, — deya yozadi Ramos.
— Sen inson va futbolchi sifatida madridliklar uchun namuna bo'lding. Biz sherik edik, aka-ukadek yashadik, bir-birimizga ishondik, va doimo birga kulib, g'alabalarni nishonladik. "Real" uchun qilgan barcha ishing uchun rahmat. Sen bundan faxrlanishing kerak — bu ajoyib tarix. Men butun qalbimdan senga kelajakda omad va baxt tilayman.
— Biz seni yaxshi ko'ramiz va sog'inamiz, Piko. Yaqin orada ko'rishamiz, do'stim, — deya so'zini yakunlaydi Ramos.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган
Суперлига. "Шўртан" голларга бой ўйинда ОКМКни мағлуб этди
ЎзФҲМ Найим Қосимовга финалдаги ҳаракатлари учун неча баҳо қўйгани маълум
Fikrlar