So’nggi yangiliklar

19:08Кроос: "Нойер – барча даврларнинг энг яхши дарвозабони"  2 18:40Про лига. "Локомотив" "ФарДУ" майдонида ишончли ғалабага эришди, "Олимпик" "Жайхун" билан беллашмоқда (онлайн ҳисоб)  1 18:28Суперлига. "Хоразм" - "Қизилқум" 0:1 (матнли трансляция)  1 18:25Манба: Шаҳбоз Умаровнинг янги жамоаси маълум  3 17:57Беллингем Мадридда ўзи ва онасига уй олиш учун 32 млн евро сарфлади  1 17:26Нкунку "Бавария"га ўтиш арафасида  0 16:53"Арсенал" АПЛда бурчак зарбаси орқали 31 та гол урди  1 16:31Украиналик юлдуз ПСЖда россиялик дарвозабон билан мулоқот қилмаяпти  28 16:00Соядаги қаҳрамон Салиба, омади чопмаган "қизил иблислар" — "Арсенал" қийин ўйинда "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб этди   4 15:37"Бунёдкор" сўнгги дақиқаларда дурангни ғалабага айлантирган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 15:20Матия Кривокапич: "Ғалабадан ҳамма хурсанд, лекин эртага янги кун бошланади"  0 15:02Суперлига. 20-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди   0 14:46Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг Испанияга жўнаб кетадиган таркиби маълум  5 14:22Шаҳбоз Жўрабеков: "Малини тартибга чақирдим, у эса агрессивликка берилиб кетди. Камида 1 очкога лойиқ эдик"  0 14:10"Андижон" меҳмонда "Машъал"дан енгилган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0

Ro'ziqul Berdiev: "O'yin paytida yigitlardan ko'p kuch yo'qotmasdan, shu hisobni saqlab qolishlarini so'radim" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "O'yin paytida yigitlardan ko'p kuch yo'qotmasdan, shu hisobni saqlab qolishlarini so'radim"

O'zbekiston kubogi 3-bosqichidan o'rin olgan "Istiqlol"-"Nasaf" (1:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev quyidagicha fikrlarni bildirdi.

Bugun oson o'yin o'tkazmadik, "Istiqlol" jamoasi ham bejizga A PRO-Ligada birinchi o'rinlarda yurgani yo'q, ular bugun haqiqatdan ham yaxshi shakllangan jamoa ekanligini ko'rsatishdi. "Istiqlol"da kayfiyat ham yaxshi edi, chunki ular so'ngi turda asosiy raqiblaridan biri "Mashal" jamoasini mag'lub etishdi. Baribir bugun bizning futbolchilar mahoratliroq ko'rindi, shu sabab g'alabani oxirigacha ushlab tura oldik deb o'ylayman.

Ikkinchi bo'limni o'yinimiz pasaydi? Albatta, bizda yana ikki kundan keyin o'yin bor, shu sababli hisob 2:0 ko'rinishiga kelgandan so'ng yigitlar o'zlari istamagan xolda keyingi o'yinga tayyorgarlikni boshlab yuborishgan bo'lishi mumkin. Men ulardan ko'p kuch yo'qotmasdan, shu hisobni oxirigacha etkazishlarini so'ragan edim. Uchrashuv so'ngida "Istiqlol" jamoasi gol urib olgach, bizni shoshirib qo'ydi.

Kubok uchrashuvlaridagi maqsadimiz? Biz har bir musobaqada, har bir uchrashuvda yaxshi natija uchun harakat qilamiz, albatta bir necha turnirlarda ishtirok etish oson bo'lmaydi, lekin yuqorida aytganimdek, biz har qanday musobaqada yuqori o'rinlar uchun harakat qilamiz.


Bekzod Tolibov yozib oldi.


Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика