So’nggi yangiliklar

17:55Кварацхелия — Грузияда бешинчи бор йилнинг энг яхши футболчиси  0 17:29Расман: "Қўқон-1912" "Бухоро" ҳужумчиси трансферини эълон қилди  5 16:57Салоҳ учун эҳтимолий клублар маълум: "Ливерпуль" юлдузи Африка Кубогидан кейин қаерга йўл олади?  0 16:25"Барселона"да навбатдаги можаро: клуб президенти фирибгарликда гумонланмоқда  17 15:58"Локомотив" футболчиси "Бухоро"га йўл олди  2 15:29Рамос таклифларни кўриб чиқишга тайёр бўлган Европа лигалари аниқ бўлди  2 15:00Орзулар рўёби: Ўзбекистон футболининг тарихий йилидаги муҳим воқеалар  3 14:33ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди  11 14:12Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!  21 13:52Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!  28 13:30Кроос ЖЧ-2026 форматига қарши чиқди: "5:0 ёки 6:0 ҳисобидаги ғалабаларни эмас, сифатли ўйинларни кўришни истайман"  9 13:05Йилнинг охирги ўйинлари TVCOM'да  1 12:57"Арсенал" ва "Манчестер Сити" собиқ футболчиси "Кан" бош мураббийи этиб тайинланди  1 12:31Ўзбекистон U-18 терма жамоасининг Туркияга йўл оладиган таркиби эълон қилинди  2 12:15Маурицио Сарри юрагидан операция қилинди  2

Ro'ziqul Berdiev: "Nasaf" eng omadli mavsumini o'tkazdi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Nasaf" eng omadli mavsumini o'tkazdi"

Coca Cola Superliganing 26-turi doirasida OKMK maydonidagi durangdan keyin "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev fikrlarini bildirdi.




- O'yin jangovar o'tdi, maydonda haqiqiy jang bo'ldi. Ikkala jamoa ham g'alaba uchun maydonga tushgani ko'rinib turgandi. OKMK ham, biz ham g'alaba uchun loyiq o'yin ko'rsatdik. Bizda ham ko'plab vaziyatlar bo'ldi. Bugun ikkala o'yin ham durang bilan yakunlandi va biz uchun omadli bo'ldi. O'ylaymanki, "Nasaf" kumush medallarga loyiq edi. Qiyin bo'lishini bilsak-da, bugun biz natija uchun o'ynadik. Bugun jamoalarda engillik ko'rinmagan bo'lsa-da, jangovar o'yinni ko'rsatib bera olishdi.

- "Nasaf" bugun to'liq asosiy tarkibini o'ynatmadi. Siz ko'plab futbolchilarni OCHL o'yini uchun olib qo'ydingizmi yoki OCHL pley-offi uchun medallarni qurbon qilishga tayyormidingiz?

- Ko'p o'yin o'tkazdik, shu sababli doimo keyingi o'yinni ham hisobga olamiz. Tarkibda doimo rotaciya bo'lib turadi, asosan markaziy himoyada va hujum chizig'ida futbolchilarga dam berib turamiz. CHunki ushbu poziciyada bizda rotaciya uchun imkoniyatlarimiz bor. Oldingi o'yinda boshqalar o'ynagandi, shu sababli bugungi uchrashuvga boshqa futbolchilarni jalb qildik. Bilasiz, 3 kundan keyin og'ir o'yin o'tkazamiz va buni ham o'ylagandik.

- Oldingi matbuot anjumanlaridan birida Siz ushbu mavsum "Nasaf" uchun omadli o'tayotganini aytgandingiz. SHu fikringizda qolasizmi? "Nasaf" Sizning qo'l ostingizdagi eng yaxshi mavsumini o'tkazdimi?

- Albatta. Vice-chempionlik va ikkita kubokni qo'lga kiritish - biz uchun tarixda bo'lmagan holat. Buni takrorlash ham juda qiyin. SHu sababli hech shubhalanmasdan ushbu mavsum "Nasaf" uchun eng omadlisi bo'ldi deya olaman.

- O'tgan mavsum "Nasaf" so'nggi turda chempionlikni boy bergandi. Ushbu mavsumda "Nasaf"ga chempionlik uchun nima etishmadi deb o'ylaysiz?

- Bunga bir qancha sabablar bor. Ayniqsa, kerakli futbolchilarning jamoadan ketgani, legionerlar transferi omadsiz bo'lganini keltirish mumkin. Barqarorlik, mahorat etishmadi. Barchasini ko'rib chiqamiz.

- "Nasaf"ga ushbu mavsumda 5 ballik tizimda necha baho qo'yasiz?

- Besh baho qo'yaman.

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика