So’nggi yangiliklar

01:17"Реал" Карвахаль ўрнига ҳимоячи сотиб оладими?  0 00:31Пол Скоулз: "Тен Хагнинг баҳоналари тугаб боряпти"  1 00:00"Олтин тўп" соҳиби Диего: "Беш ой олдин оёғимни операция қилдирдим. Ўзбекистонга келганимда, чап оёғимни ишлатолмасдим"  0 23:50"Шаҳарликлар" ҳужумга ўтди. "Манчестер Сити" АПЛда компенсация талаб қилмоқчи  0 23:28Марсель: "Олтин бутса"ни қўлга киритиш энг катта орзуларимдан бири эди. Бироқ ундан ҳам юқори мақсадим бор эди"  0 23:15Леандро Лино: "Жаҳон чемпионатигача жуда кўп меҳнат қилдик ва бу ўз самарасини берди"  0 22:58Алан Бранди: "Ҳакамлар ҳақида гапирмоқчи эмасман. Нима бўлганини ҳамма кўрди"  1 22:44"Манчестер Сити" судда АПЛни мағлуб этди  6 22:42Пабло Таборда: "Мағлубиятга қарамай, бошимизни баланд кўтарган ҳолда Ўзбекистонни тарк этамиз"  0 22:16Хосе Венансио Лопес Ўзбекистон футзал терма жамоасини тарк этди  11 22:11Тожикистон терма жамоаси Россия билан ўйнашни хоҳламади  6 21:48Назорат учрашуви. "Бунёдкор" - "Сурхон" 1:3  2 21:39Тўртта таймдан иборат назорат учрашувида ОКМК "Локомотив"ни таслим қилди  0 21:11Ўзбекистон терма жамоаси йиғини бошланди, Машарипов ва Шукуровдан интервью  4 21:09Ўзбекистон МТЖ Эрон ва БАА қарши ўйинларга тайёргарликни бошлади  13

Ro'ziqul Berdiev: “Lokomotiv”ning muvaffaqiyatsizligi vaqtincha” Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: “Lokomotiv”ning muvaffaqiyatsizligi vaqtincha”

“Nasaf” – “Lokomotiv” (2:1) uchrashuviga bag'ishlangan matbuot anjumanining navbatdagi qismida mezbonlar ustozi Ro'ziqul Berdiev va bugungi uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi bo'lgan Igor Golban ishtirok etishdi.


Ro'ziqul Berdiev:- 
Bugungi g'alabamiz bilan barchani tabriklayman. Bugun futbolchilarimiz o'z xarakterlarini ko'rsata  olishdi. Bugungi raqibimiz juda kuchli va tajribali edi. Ammo shunga qaramasdan biz bugungi uchrashuvda ko'proq vaziyatlar yarata oldik. Birinchi bo'limda ham yaxshi vaziyatlarga ega bo'ldik. Ammo hujumlarimizni golga aylantira olmadik. Biz qarshi hujumlarda yaxshi harakat qilayapmiz, ammo gol ura olmayapmiz. Bu holat keyingi o'yinlarda ko'proq sodir etilmoqda. Bu bizning kamchiligimiz, buning ustida hali ishlashimiz kerak. Umumiy qilib aytadigan bo'lsam, bugun kuchli raqib ustidan muhim g'alabaga erishdik. Bu g'alabani barcha kutayotgan edi. “Lokomotiv” jamoasi bu yilgi chempionatda ham chempionlikka asosiy davogarlardan biri hisoblanadi. O'ylaymanki, ularning bu muvaffaqiyatsizligi vaqtincha.



Igor Golban:- Bugun ajoyib o'yin bo'ldi. O'ylaymanki muxlislarning ham bugungi o'yindan ko'ngli to'ldi. Ular bugun bizni qizg'in qo'llab – quvvatlashdi. Buning uchun ularga tashakkur bildiramiz. Biz keyingi vaqtlarda g'alaba qozona olmayotgan edik. Bugun g'alaba uchun barcha jamoadoshlarim bor kuchi va mahorati bilan o'ynashdi. Natijada muhim g'alabani qo'lga kiritdik. Bundan mamnunman.


Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика