Ulug'bek Bakaev: "Futbolda shunaqa: sen urmasang, senga urishadi"
01 avg 22:49
Yangiliklar


Ulug'bek Bakaev: "Futbolda shunaqa: sen urmasang, senga urishadi"
- Bugungi o'yin bilan mavsumning ikkinchi davrasiga start berildi. O'yin haqida nima deyishim mumkin, birinchi taymda gol urishimiz kerak edi. Ammo qulay imkoniyatdan foydalana olmadik. Raqib esa ikki bor yaxshi vaziyatga chiqib ikkita gol urdi. Futbolda shunaqa: sen urmasang, senga urishadi.
- Davralar oralig'ida "Buxoro" safiga yangi futbolchilar kelib qo'shildi. Shu haqda fikringiz?
- Birinchi davradagi o'yinimizni tahlil qilgan holda yangi futbolchilarni taklif etdik. Hujumni yakunlash va yarim himoyada muammolarimiz bor edi. Shu bois hujumchi va yarim himoyachilarni qo'shib oldik. O'ylaymanki, jamoamizga yangi qo'shilgan futbolchilar hali o'zlarini ko'rsatadi. Biz hammaga vaqt beramiz, lekin kim kuchli bo'lsa, o'sha maydonga tushadi.
- Tabatadze 12ta o'yinda 1ta gol urgan ekan. Bu sizni xavotirga solmaydimi?
- Gol urish bo'yicha omadsizlik ko'p hujumchilarda uchrab turadi va bunga normal qarash kerak. Balki Tabatazdening o'yin tomonlama foydasi tegar. U himoyachilarni chalg'itib, golni boshqa ursa bunga ham rozimiz. To'g'ri, hujumchi gol urishi kerak, ammo jamoa uchun o'ynash kerakligini ham yoddan chiqarmaylik. Shu bois men bu futbolchini jamoamizga taklif etayotganda statistikaga uncha qaramadim.
- Asosiy muammo hujum chizig'idami?
- Muammolar bor, lekin aytganimdek gol urishimiz kerak. Mashg'ulotlarda hamma yaxshi ishlayapti. Har bir hujumchimiz o'zini ko'rsatishga harakat qilyapti.
- Futbolchi paytingizda juda shiddat bilan o'ynardingiz. Hozir jamoaga shu narsa etishmayapti. Bu nima bilan bog'liq?
- Menimcha, bu futbolchilarning psixologiyasi bilan bog'liq bo'lsa kerak. Jamoada har xil futbolchilar bo'ladi: kimdir agressiv, kimdir shovqinsiz, kimdir texnikasi baland, kimdir tez va hokazo. Biz har xil dunyoqarashdagi futbolchilardan jamoa tuzishga harakat qilamiz.
- Shohro'z Norxonovning ketishi haqida
- Norxonov juda yaxshi futbolchi, ammo faoliyatini boshqa erda davom etirishga qaror qildi va biz uning qarorini hurmat qildik. Unga omad tilab qolaman, biz bilan ishlagani uchun esa rahmat aytaman.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar