So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  3 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

Legioner posbon, Farg'onada yutgan murabbiy, dublga erishgan futbolchi va sobiq klubiga gol urgan hujumchi - Superligada 16-turning eng yaxshilari Yangiliklar

Legioner posbon, Farg'onada yutgan murabbiy, dublga erishgan futbolchi va sobiq klubiga gol urgan hujumchi - Superligada 16-turning eng yaxshilari

Teglar :  Tur laureatlari
Championat.asia sayti O'zbekiston Superligasi 16-turining eng yaxshilarini aniqladi.


Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 16-turning eng yaxshi darvozaboni – Erjan Tokotaev ("Andijon")

"Andijon" ikkinchi davraning ilk turida "Qo'qon-1912"ni yirik 3:0 hisobida mag'lub etdi. Bu g'alaba qo'lga kiritilishida mezbonlarning yangi kelgan posboni Tokotaevning o'rni katta bo'ldi. U uchrashuv mobaynida bir necha bor jamoasini gollardan asrab qoldi. Ayniqsa ikkinchi taymda Datsi tomonidan yo'llangan zarbadan keyingi seyvi ijtimoiy tarmoqlarda juda ko'p aylanmoqda. Shunday qilib, Erjan Tokotaev Championat.asia talqinida 16-turining eng yaxshi darvozaboni deya etirof etildi.



Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 16-turning eng yaxshi murabbiyi – Ilyos Zeytullaev ("Bunyodkor")

"Bunyodkor" bu turda Farg'onada "Neftchi" mehmoni bo'ldi va 2:1 hisobida g'alabaga erishdi. Ko'pchilik bahsdan avval "Neftchi" favoritligini aytdi. Biroq Zeytullaev boshchiligidagi "qaldirg'ochlar" shu kuni o'z tarkibini kuchaytirib olgan raqibga jiddiy qarshilik ko'rsata olishdi. G'alaba goli ham aynan zaxiradan tushgan futbolchilar ishtirokida urilganida murabbiyning topqirligi rol o'ynadi. Shu tariqa, Ilyos Zeytullaev Championat.asia talqiniga ko'ra turning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. 



Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 16-turning eng yaxshi futbolchisi – Damir Temirov ("Andijon")

"Andijon" darvozaboni Erjan Tokotaevning yirik g'alabaga katta hissa qo'shgani haqida yuqorida yozdik, lekin bu g'alabaning bosh qahramoni Damir Temirov bo'ldi. Yarim himoyachi 51-daqiqada Saidnurullaev uzatgan to'pni to'xtatmasdan darvozaga yo'llagan bo'lsa, 80-daqiqada Jo'raqo'ziev bilan devor uslubida o'ynab dublga erishdi. Shu tariqa Damir Temirov Championat.asia talqiniga ko'ra, 16-turning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi.



Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 16-turning eng chiroyli goli muallifi – Rubin Xebay ("So'g'diyona")

"So'g'diyona" bu turda o'z maydonida "Nasaf" mehmon qildi va 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi. Bahsning 58-daqiqasida jizzaxliklarning yangi hujumchisi Rubin Xebay belgilangan jarima to'pidan keyin darvozaning yuqori burchagini aniq nishonga oldi va supergol muallifiga aylandi. Shunday qilib, Rubin Xebay Championat.asia sayti talqinida turning eng chiroyli gol muallifi deb topildi.





Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика