"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi: "Menga ko'p futbolchilar kerak emas"
04 avg 19:33
Yangiliklar


"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi: "Menga ko'p futbolchilar kerak emas"
MYUning portugaliyalik bosh murabbiyi Ruben Amorim jurnalistlarga hozirgi tarkibi haqida gapirdi.
Amorim "Sky Sports" nashriga jamoaga ko'p o'yinchi kerak emasligini aytdi. Mutaxassis uchun jamoadagi har bir futbolchi o'zini muhim deb hisoblasa bas.
"Agar o'yinchilar ko'p bo'lsa, demak, norozilik bo'ladi. Futbolchi tarkibimizga qo'shilish uchun Mbeumo va Kunya bilan bo'lgani kabi mehnat qilishi kerak. Ular bizning o'yin uslubimizga mos keladimi yoki yo'qligini tushunishi zarur", – dedi Amorim.
Eslatib o'tamiz, shu yozda "qizil iblislar" "Vulverxempton"dan Mateus Kunya va "Brentford"dan Brayan Mbeumo bilan shartnoma imzolagandi. Mankunianliklar o'tgan mavsum APL turnir jadvalida 15-o'rinni egallagan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar