So’nggi yangiliklar

09:27"Барселона" мураббийи клубдаги ҳолат сабабли жамоадан кетмоқчи  0 09:00Алонсо мағлубиятдан сўнг нималар деди?   6 08:33Роналду ўғлига 300 минг долларлик автомобиль совға қилди   0 08:05Ўзбекистон МТЖ аъзоси муваффақиятли операция қилинди   3 07:39U-17 Жаҳон чемпионати. Бугун ўсмирларимиз ўз юришларини бошлайди  5 03:21ЕЧЛ. "Атлетико" ва "Тоттенхэм"да ғалаба. "Ювентус" яна дуранг ўйнади  2 03:05ЕЧЛ. "Бавария" меҳмонда ПСЖни таслим этди. Диас четлатилди, Дембеле жароҳат олди  15 03:00ЕЧЛ. ​"Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди  173 01:31Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" меҳмонда "Ал Садд" устидан ғалаба қозонди, "Ал Иттиҳод" "Шаржа"га умуман имконият қолирмади  0 01:05ЕЧЛ. "Арсенал" йирик ҳисобда ғалаба қозонди. "Наполи" ва "Айнтрахт" дуранг қайд этишди  6 01:04Максим Шацких: "Қанақа натижа бўлишини ўйиндан кейин кўрамиз"  4 00:58U-17 Жаҳон чемпионати. Бугунги кундан ўрин олган учрашувлар натижаси билан танишинг  0 00:27Палмер "Барселона"га қарши ўйингача сафга қайтиши мумкин  1 23:42Роналду Жаҳон чемпионитида ғалаба қозонишни орзу қилмаслигини айтди  19 23:31Ислом Бирдамлиги ўйинлари. Ўзбекистон футзал термаси Саудия Арабистонини мағлубиятга учратди  0

TOP-5 qachon boshlanadi? Jamoalar yangi mavsumga qanday tayyorlanmoqda? Yangiliklar

TOP-5 qachon boshlanadi? Jamoalar yangi mavsumga qanday tayyorlanmoqda?

Yoz faslining uchinchi oyi ham boshlandi va Evropada futbol yangi mavsumlari boshlanish arafasida.

Yana bir necha kundan keyin Evropaning kuchli chempionatlari, shu bilan birga, o'zbekistonlik futbol muxlislari alohida etibor bilan kuzatadigan Turkiya Superligasi ham start oladi.  


Xo'sh, o'zi top chempionatlar qachondan boshlanadi, unda qaysi yangi jamoalarni ko'ramiz, grandlar yangi mavsumga qanday tayyorlanmoqda? Ushbu maqolada mazkur savollarga javob berishga harakat qilamiz. 


APL

Boshlanish sanasi: Angliyada yangi mavsum 15 avgust kuni tunda "Liverpul" - "Bornmut" uchrashuvi bilan start oladi. 

Angliya Premer-Ligasi yangi mavsumi ham odatdagidek qiziqarli bo'lishi kutilmoqda. Bunga "Lids", "Byornli" va "Sanderlend" elitaga qaytgani sabab, desak mubolag'a bo'ladi, albatta. Amaldagi chempion "Liverpul", nisbatan omadsiz mavsumdan keyin yana taxtga qaytish niyatidagi "Manchester Siti", yillar davomida sovrin umidida harakat qilayotgan hamda bu transfer oynasida ayniqsa faol bo'lgan "Arsenal", tarkibini ancha tartibga solib olayotgan "Chelsi", yangi futbolchilardan tashqari yangi murabbiy bilan yuqorilashni ko'zlagan "Tottenxem", ser Aleks davrini qumsaganlarni xursand qilish umididagi MYU va boshqalar mavsumga imkon qadar yaxshiroq tayyorgarlik ko'rmoqda. 

Transferlar borasida gapiradigan bo'lsak, nafaqat APL balki umumiy olganda ham mazkur oynaning eng qimmat 3 va 4-transferlarini MYU amalga oshirgani, biroz hayratlanarli-a? Ustiga-ustak gap Brayan Mbeumo va Mateus Kunya haqida ketayotgan bo'lsa. Ammo bu fakt. "Liverpul" Florian Virc va Ugo Ekitikeni 125 mln va 80 mln evroga xarid qilgan bo'lsa, manchesterliklar Mbeumo uchun 75, "Vulverxempton" etakchisi uchun esa 74.20 million evro to'lab berdi. Yana o'sha "Transfermarkt" malumotlariga ko'ra, "Arsenal" Viktor Gyokeresh uchun 65.80 million evro to'lagan. "Manchester Siti"ning eng qimmat xaridi "Milan"dan Tijani Reynders bo'ldi — 55 million evro. Mavsum davomida, maydonda kim qimmatliroq futbolchi bo'ladi, vaqt ko'rsatadi. 


La Liga

Boshlanish sanasi: Ispaniyada yangi mavsum 15 avgust sanasida start oladi. Chempionatning ilk uchrashuvida juma oqshomida "Jirona" o'z uyida "Rayo Valekano"ni qabul qiladi. "Barselona" 1-turni safarda (16 avgustda) "Malorka"ga qarshi boshlasa, "Real" turning oxirgi o'yinida (19 avgust) "Osasuna"ni mehmon qiladi. O'tgan mavsum bronza medali sohibi "Atletiko Madrid" "Espanol" mehmoni bo'ladi.  

O'tgan mavsum yakunlariga ko'ra, quyi divizionga "Real Valyadolid", "Las-Palmas" va "Leganes" tushib ketgani yodingizda bo'lsa kerak. Segundadan esa La Liga chiqqanlar — "Levante", "Elche" va pley-off orqali yo'llanmani qo'lga kiritgan "Real Ovedo" klubi.

Transfer bozorida faollik borasida bu mavsum inglizlarga teng keladigan yo'q, desak to'g'ri bo'lsa kerak. Ammo ispanlar ham kerakli nuqtalarga yangi futbolchilar xarid qilmoqda. Misol uchun "Real" "Liverpul"dan Trent-Aleksander Arnoldni shartnomasi yakuniga etishidan bir oy avvalroq olib ketish uchun 10 millionning baxridan kechdi. "Bornmut" himoyasida o'zini yaxshi tomondan ko'rsatgan ispaniyalik Din Xeysen 62,50 mln evro evaziga Madridga ko'chib o'tdi. 

Keraksiz o'yinchilar bilan xayrlashgan "Barselona" esa Markus Reshfordni sotib olish huquqi bilan ijaraga olganini takidlab  o'tish lozim. 

Antonini tarkibida saqlab qolgan "Betis" 13 million evroga Kucho Ernandesni ham sotib oldi. 

Ruben Vargasning "Sevilya"ga transferi summa jihatidan (2.5 mln) bo'lmasada, foydalilik jihatidan etiborga loyiq, nazarimizda.   


A Seriya

Boshlanish sanasi: Italiyaliklar chempionatni 1 hafta o'tib boshlashga harakat qilishgan. 23 avgust sanasida amaldagi chempion "Napoli"ning safarda "Sassuolo"ga qarshi hamda "Jenoa" - "Lechche" uchrashuvlari bilan 2025/26-yilgi mavsum start oladi. "Milan" va "Roma" 23 avgustda, "Atalanta" va "Yuventus" 24 avgust, "Inter" esa 25 avgust tunda maydonga tushadi.

O'tgan mavsum yakunlariga ko'ra, quyi divizionga "Monca", "Veneciya" va Empoli" tushib ketgani yodingizda bo'lsa kerak. B Seriyadan esa A Seriyaga chiqqanlar — "Sassuolo", "Piza" va pley-off orqali yo'llanmani qo'lga kiritgan "Kremoneze" klubi. Etiborlisi, "Piza" 1990/91-yilgi mavsumdan buyon A Seriyada bo'lmagan. Shunday qilib, jamoa 34 yillik tanaffusga chek qo'ydi. 

Transferlar borasida "Napoli" erkin agent sifatida Kevin De Bryuyneni, "Milan" esa Luka Modrichni o'z safiga qo'shib olganini alohida takidlash zarur. "Lacio" "Arsenal"da omadi chopmagan Nunu Tavareshni 5 million evaziga sotib olgani, "Roma" Turkiyaga yo'l olgan hamyurtimiz Eldor Shomurodov o'rniga "Brayton"dan Evan Fergyusonni 3 mln.ga ijaraga olganini qo'shimcha qilish mumkin.


Bundesliga

Boshlanish sanasi: 22 avgust tunda amaldagi chempion "Bavariya" "RB Leypcig" bilan bahslashadi. Xabi Alonso tark etgan "Bayer" o'z maydonida "Xoffenxaym"ni qabul qilsa, o'tgan mavsum TOP-3ni yakunlab bergan Frankfurtning "Ayntraxt" klubi "Verder"ni mehmon qiladi. "Borussiya Dortmund" safarda "Sank-Pauli"ga qarshi o'ynaydi.

O'tgan mavsum Bundesligadan "Boxum" va "Xolshtayn Kil" tushib ketgan bo'lsa, "Xaydenxaym" pley-off bosqichida "Elfersberg"dan ustun keldi va o'z o'rnini saqlab qoldi. "Kyoln" va "Gamburg" esa to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmani qo'lga kiritgan hamda yangi mavsum elitada o'z kuchini sinab ko'radi.  

Bundesliganing eng shov-shuvli transferi, shubhasiz, Luis Diasning Myunxenga ko'chib o'tishi bo'ldi. "Bayer" ikki, "Ayntraxt" esa bitta etakchisini yaxshi pulga "Liverpul"ga sotgan bo'lsa, "Bavariya" "Liverpul"dan Diasni 70 million evro evaziga sotib oldi. 


Liga 1

Boshlanish sanasi: Franciyada yangi mavsum Angliya va Ispaniyadagidek 15 avgustda start oladi. Ochilish uchrashuvida "Renn" "Marsel"ni qabul qiladi.

O'tgan mavsum yakunida Liga 1ni "Monpele", "Sent-Eten" tark etgan bo'lsa, "Reyms" o'tish o'yinlarida "Metc"ga imkoniyatni boy berdi. Quyi ligadan chiqqan jamoalar: "Loryan", "Parij" hamda "Metc". Poytaxtning "Parij" klub 46 yil deganda elitaga qaytishni uddalab, tarixiy voqeaga sabab bo'ldi. 

Ijara muddati yakunlangan Per Emil Xoyberg "Tottenxem"ga qaytmaydigan bo'ldi va "Marsel" bu safar to'laqonli transferni amalga oshirdi, Mamadu Sarrni "Chelsi"dan ijaraga olgan "Strasbur", francuz klublari ichida bozorda eng faollardan bo'lib turibdi va qator transferlarni amalga oshirganini aytib o'tish kerak.    


Bonus. Turkiya Superligasi

Boshlanish sanasi: Turkiyada yangi mavsum shu hafta start oladi! 8 avgust kuni amaldagi chempion "Galatasaroy" safarda "Gaziantep" bilan bellashadi. "Fenerbaxche" o'z uyida "Alanyaspor" bilan ro'baro' kelsa, safida Eldor Shomurodov va Abbos Fayzullaev bo'lgan "Istanbul" safarda debyutant "Fatix Karagumruk" bilan bellashadi. Mazkur uchrashuv 10 avgust tunda 23:30da start oladi. 

19 jamoa ishtirok etadigan Turkiya Superligasidan 4 ta jamoa tushib ketadi. O'tgan mavsum yakunlariga ko'ra, "Adana Demirspor", "Xatayspor", "Sivasspor" va "Bodrumspor"ning omadi chopmadi. Birinchi ligadan esa chempion "Kojaelispor", ikkinchi o'rin sohibi "Genchlerbirligi" hamda pley-off bosqichi g'olibi "Fatix Karagumruk" jamoasi oliy ligaga yo'llanmani qo'lga kiritdi.



Omonjon To'xtamirzaev tayyorladi

Reyting: +7   

Fikrlar

   
06 avg 13:52:24
TerminaTor
tima86 foydalanuvchining fikriga javob berish
Туркияда 4-та жамоа тушиб, урнига 3-та жамоа кушилганми??
Ҳа
   
05 avg 12:58:36
Muhammadqodir Muhtorov
Ravshan Ruzikulov foydalanuvchining fikriga javob berish
Tyuner 450 ming so'm turar ekan aka. Uzdigital tv ofisiga borib sotib oling. Super ekonom tarifi va setanta sports qo'shimcha xizmatini yoqtirmoqchiman Deng ularga.ulanish 40000 so'm bo'ladi. Shunda oyiga 26000 so'm to'lar ekansiz.super ekonom tarifida 13 ta telekanal bor ekan va 9 ming so'm oyiga.va setanta sports 1 va 2 telekanallari 17 ming so'm oyiga. Shartnoma tuzib telekardni olganingizdan keyin uyingizga olib kelib televizoringiz orqa tomonida joy bor ,o'sha yerga o'rnatasiz va tomoshadan zavqlanasiz.hozir aksiya ketopti. August oyi setantani ko'rish bepul. Sentyabrdan to'laysiz 17 mingni
Rahmat kattakon vaqtizni ayamasdan malumot berganizga
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика