Luka Modrich: "Men 13 yilni dunyoning eng buyuk klubida o'tkazdim, endi esa o'tmishda hozirgi "Real" darajasida bo'lgan klubga keldim"
04 avg 21:31
Yangiliklar
Luka Modrich: "Men 13 yilni dunyoning eng buyuk klubida o'tkazdim, endi esa o'tmishda hozirgi "Real" darajasida bo'lgan klubga keldim"
– Men osonroq yo'lni - raqobat unchalik yuqori bo'lmagan boshqa ligani tanlashim mumkin edi, lekin buni xohlamadim. Men doimo qiyin yo'lni tanlaganman, shuning uchun "Milan"ga o'tdim. Bu erda katta raqobat bor. Bu buyuk liga, shu sabab men bu erdaman. Anchelotti bilan gaplashdim, u "Milan" haqida yaxshi narsalarni aytib berdi. Karlo Anchelotti bu erda o'yinchi va murabbiy sifatida bo'lgan, u menga klub haqida hammasini gapirib berdi.
Umid qilamanki, bu klubda talab qilinadigan darajada bo'laman. O'yin vaqti haqida murabbiy bilan gaplashaman. Men ko'proq o'ynash, yaxshi formaga ega bo'lish, Amerikadagi jahon chempionatiga tayyor bo'lish uchun keldim.
Menga jamoa va murabbiyning g'oyalari bilan tanishish uchun vaqt kerak. Alohida mashg'ulot o'tkazishimdan qatiy nazal, bu erga kelib tayyorgarlikni boshlash boshqa narsa.
– Klubning Evropa kuboklarida o'ynamasligi sizni xavotirga solmaydimi?
– "Real"dan keyin yuqori maqsadlarni oldiga qo'ygan katta klubda faoliyatimni davom ettirishni xohladim. "Milan"ning evrokuboklarda o'ynamasligi achinarli, chunki bu "Real"dan keyingi eng ko'p sovrin yutgan klub. Bizda haftasiga bir o'yin bo'ladi, bu yomon emas, chunki o'yinlarga tayyorgarlik ko'rish uchun butun bir hafta vaqtimiz bo'ladi.
– Eng ko'p sovrin yutgan klubdan eng ko'p sovrinlik ikkinchi klubga o'tdingiz?
– Men 13 yilni dunyoning eng buyuk klubida o'tkazdim, endi esa o'tmishda hozirgi "Real" darajadasida bo'lgan klubga keldim. Hozir jamoa o'sha darajada emsa. "Milan" qaytishga intilishi kerak. Bu mavsumdagi vazifam – qo'limdan kelganicha yordam berish va zavq olish.
– 2017 yilda siz jamoaning hozirgi murabbiy Allegriga qarshi Chempionlar Ligasida g'alaba qozongansiz. Bu "gunohingizni" qanday "yuvmoqchisiz"?
– Ehtimol, bu u uchun eng yoqimli xotira emasdir, shuning uchun bu haqda gapirmaslikka harakat qilaman. Mendan g'azablanishini xohlamayman. U bilan uchrashishni intizorlik bilan kutayapman. Allegri bilan ishlashdan xursandman, u dunyoning eng yaxshi murabbiylaridan biri. Ushbu mutaxassis g'olib va u mendan nimani kutayotganini va meni maydonda qaerda ko'rayotganini bilishni sabrsizlik bilan kutayapman, – dedi yarim himoyachi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar