So’nggi yangiliklar

15:58"Локомотив" футболчиси "Бухоро"га йўл олди  0 15:29Рамос таклифларни кўриб чиқишга тайёр бўлган Европа лигалари аниқ бўлди  1 15:00Орзулар рўёби: Ўзбекистон футболининг тарихий йилидаги муҳим воқеалар  1 14:33ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди  6 14:12Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!  17 13:52Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!  19 13:30Кроос ЖЧ-2026 форматига қарши чиқди: "5:0 ёки 6:0 ҳисобидаги ғалабаларни эмас, сифатли ўйинларни кўришни истайман"  8 13:05Йилнинг охирги ўйинлари TVCOM'да  0 12:57"Арсенал" ва "Манчестер Сити" собиқ футболчиси "Кан" бош мураббийи этиб тайинланди  1 12:31Ўзбекистон U-18 терма жамоасининг Туркияга йўл оладиган таркиби эълон қилинди  2 12:15Маурицио Сарри юрагидан операция қилинди  2 11:52Кореяга кетиши кутилган футболчи "Сўғдиёна" билан шартномасини узайтирди  1 11:29Артета қишки трансфер ойнасида "Арсенал" таркибини кучайтиришга бел боғлади  2 11:05Бугун Қатарга қарши ўйнаймиз  3 10:21Расман. "Локомотив" ва "Сўғдиёна" каби жамоаларни бошқарган мураббий Пролига клуби бош мураббийига айланди  2

Ro'ziqul Berdiev: "Ertaga faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Ertaga faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz"

OCHL oltinchi turidan o'rin olgan "Al Sadd" va "Nasaf" jamoalari o'rtasidagi bahsdan oldin mehmonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida qatnashdi.

- Bosh murabbiyning ertangi o'yin haqidagi fikrlari qanday?

- Ikki jamoa ham futbol o'ynashni yaxshi ko'radi va raqibga ham o'ynashga beradi. Ammo ikkala jamoaning ham bu o'yindan oldingi maqsadi bor. Ikki jamoa ham keyingi bosqichga chiqishni maqsad qilgan.

Alibek Davronov: Ertaga bizni muhim uchrashuv kutib turibdi. Mavsumni yaxshi yakunlashimiz uchun g'alaba qozonishimiz kerak. 

- Ikkala jamoada ham keyingi bosqichga chiqish imkoniyati mavjud. SHu haqida fikringiz qanday?

- Ha, guruhdagi uchta jamoada ham keyingi bosqichga yo'l olish imkoniyati saqlanib turibdi. O'ylaymanki, hamma jamoaga bunga harakat qilamiz. To'g'ri, bizni ertaga durang ham qanoatlantirishi mumkin, ammo biz g'alaba qozonish uchun harakat qilamiz. Sababi, durang yaxshi oqibatlarga olib kelmasligi mumkin. SHunday ekan, ertaga o'z o'yinimizni namoyish qilib, g'alaba qozonishni maqsad qilamiz. Iordaniyadagi o'yinga esa ko'p ham etibor qaratmaymiz. Asosiy etibor o'z o'yinimizga qaratiladi. 

- "Al Sadd" jamoasiga yangi murabbiy tayinlangan. Bu sizning rejalaringizga o'zgarish kiritadimi?

- Albatta, har bir murabbiy jamoada o'zgarish qilishga harakat qiladi. Menimcha, bu narsa biz uchun unchalik ham muhim emas. "Al Sadd" Osiyodagi eng chiroyli futbol o'ynaydigan jamoalardan biri. SHu nuqtai nazardan qaralsa, istalgan murabbiy kelsa ham jamoaning maqsadi o'zgarmaydi. 

- Jamoadagi yo'qotishlar haqida gapirib o'tsangiz?

- Bizda bazi yo'qotishlar bor. Qolgan o'yinchilarimiz bo'lajak o'yinga shaylar. Bizdagi bor o'yinchilar jarohatlanganlarni o'rnini bosa olishadi deb o'ylayman. 

- Savolim Alibek Davronovga. Ertangi o'yinda qanday harakat qilishni rejalashtirgansizlar?

- Murabbiyim aytganidek, "Al Sadd" har doim kuchli jamoa bo'lgan. Ertaga bo'shashmasdan, faqat g'alaba uchun harakat qilamiz. Boshqa narsalarga etibor bermaymiz. 

- Futbolchiga savol bermoqchi edim. Ertangi o'yinda raqib muxlislari qarshisida harakat qilasizlar. Buni sizga qanchalik tasiri bor?

- Bu qancha muxlis kelishiga bog'liq albatta. Umuman olganda, bunga o'rganib qolganmiz. O'zbekiston chempionatida ham bunday holat ko'p bo'lgan. Biz bunday holatlarga ko'nikkanmiz. 

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика