So’nggi yangiliklar

13:30Ўзбекистон Суперкубоги тўпурарлари: Черан етакчи, Кошелев ва Акопянц ҳам рўйхатда бор  0 13:02"Барселона" ёз учун устувор мақсадни танлади  8 12:30"Ютқазиш ва хато қилишдан қўрқиб, мухлисларни зериктириб қўйишмаса бўлгани" — Суперкубок олдидан сўз Суперлига матбуот котибларига  5 12:01"Ливерпуль” Алиссон билан шартномани узайтирди  0 11:33"Манчестер Юнайтед" Давид Раумни нишонга олди  0 11:05Ўзбекистон Суперкубоги: “Насаф” энг кўп соврин ютган, “Пахтакор” энг кўп мағлубиятга учраган  5 10:45Макс Доуман кечаги голидан сўнг АПЛ тарихига кирди  0 10:16Финалиссима бўлиши учун Аргентина ўз талабларини қўйди, акс ҳолда...  6 09:41"Машъал" жамоа бош мураббийининг соғлиғи ҳақида маълумот берди  0 09:14Кечаги йирик мағлубиятдан сўнг "Истанбул Башакшехир" устози нималар деди?  1 09:00Ўзбекистон Суперкубоги: томошабинлар рекорди янгиланадими?  11 08:46Кечаги дурангдан сўнг Гвардиола чемпионлик учун кураш ҳақида гапирди  9 08:20Sofascore. "Истанбул Башакшехир" йирик ҳисобда мағлуб бўлган баҳсда Шомуродов неча баҳо олди?  0 07:53Sofascore. "Манчестер Сити" дуранг ўйнаган баҳсда Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 07:25Ўзбекистон Суперкубоги. Бугун Ўзбек "Эл Классико"си бўлиб ўтади  22

Farg'ona viloyati futbol klublari o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi Yangiliklar

Farg'ona viloyati futbol klublari o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Bugun Farg'ona viloyati futbol associaciyasi tashabbusi bilan Farg'ona davlat universiteti anjumanlar zalida viloyat futbol klublari vakillari ishtirokida maxsus uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda "Neftchi" futbol akademiyasi, shuningdek futbol klublari o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Jarayonda Farg'ona futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Nosir Otaqo'ziev, Farg'ona davlat universiteti rektori, "FarDU" futbol klubi prezidenti Bahodirjon Shermuhammadov, "Neftchi" futbol akademiyasi direktori Igor Ximich, shuningdek, "Cementchi" va "Yaypan" klublari rahbariyati vakillari ishtirok etdilar.

Memorandumdan ko'zlangan maqsad viloyatda futbolni rivojlantirish, futbol birdamligini oshirish, o'zaro tajriba almashish, musobaqalar tashkilotchiligi, murabbiylar malakasini oshirish bilan bog'liq masalalarni o'z ichiga oladi. Viloyat futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Nosir Otaqo'ziev viloyatda futbolni rivojlantirish, ayniqsa, terma jamoalarga foyda keltiradigan iqtidorli futbolchilarni tarbiyalab etkazib berish, futbol klublarini tizimli ravishda shakllantirish muhim ekanligini etirof etdi.

"So'nggi yillarda Yangi O'zbekistonda futbol sport turiga bo'lgan etibor sezilarli darajada kuchaydi" - deydi Farg'ona davlat universiteti rektori, "FarDU" futbol klubi prezidenti Bahodirjon Shermuhammadov. "Biz universitet qoshida "FarDU" klubini tashkil etganimizda Respublikamiz va viloyatimiz futbol tizimidagi barcha mutasaddilar bizni bevosita qo'llab-quvvatlashdi. Mana hozirda Farg'ona davlat universitetida futbol sport turi bo'yicha alohida talim yo'nalishini ochdik. "FarDU" futbol klubi sport tamoyillariga asoslangan holda qisqa fursat ichida bosqichma-bosqich O'zbekiston Pro-ligasiga qadar etib keldi. Maqsadimiz, kelgusida universitet futbol jamoasini Superliga darajasiga olib chiqish, xalqaro maydonlarda ishtirok etishga qaratilgan. Bularning barchasi universitetda tahsil olayotgan talaba-yoshlar uchun. Bugun imzolangan hamkorlik memorandumi viloyat futbol klublari o'rtasidagi ahillikni yanada mustahkamlaydi", – dedi oliygoh rektori.

Shuningdek, jarayon davomida so'zga chiqqan "Neftchi" futbol akademiyasi direktori Igor Ximich, shuningdek, "Cementchi" va "Yaypan" klublari rahbariyati vakillari viloyatda futbolni tizimli tarzda rivojlantirish uchun shu kabi hamkorlik dasturlari muhim ekanligini takidladilar. O'z navbatida, uchrashuv davomida viloyat futboliga oid qator masalalar ham ko'rib chiqildi.


Bekzod Tolibov, Farg'ona shahridan Championat.asia uchun maxsus

Reyting: +5   

Fikrlar

   
29 dek 16:24:22
Akbar Umarov
Bolarkanku. Ekspert sifatida Vodiydagi 3 Viloyat Futbol Federatsiyalariga dostona maslahatim Vodiyda Bolalar Futboli Akademiaylarini tashkil qilib, tizimli ishlarni yolga qoyish kerak. Hozirgi paytdagi Vodiy Klublarini sobiq Paxtakorchilar ikki qulagidan tortib kelyaptilar. Bunaqa ahvolda jamoalarda katta pullar bolsagina barqaror yashay olishlari mumkin boladi
   
29 dek 15:44:05
Farruhf
Абдуваҳоб Яйпан клубида ишлаяптими?
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика