Roy Kin: "Arsenal"ni mag'lub etish – "Manchester Yunayted"ning yana bir jiddiy bayonoti"
05 sen 2022 17:37
Yangiliklar
Roy Kin: "Arsenal"ni mag'lub etish – "Manchester Yunayted"ning yana bir jiddiy bayonoti"
Roy Kin "Arsenal" ustidan qozonilgan g'alaba (3:1) "Manchester Yunayted" uchun muhimligini qayd etdi.
"Manchester Yunayted" uchun juda muhim g'alaba. Menga bu jamoaning ohirgi haftalarda sezilgan ruhi va xarakteri yoqmoqda. Ikkinchi taymda "Manchester Yunayted" qarshi hujumda yaxshi o'ynadi va ko'proq gol urishi mumkin edi.
Menimcha, jamoa yana ispuls oldi, optimizm paydo bo'ldi. "Arsenal" ustidan qozonilgan g'alaba – yana bir jiddiy bayonot. "Manchester Yunayted"dan aynan shu narsani kutasiz.
"Manchester Yunayted" bir necha hafta oldin "Liverpul"ni mag'lub etgan edi, keyin esa ular yana bu natijani ko'rsata oladimi, deb o'ylagandik. Ular buni uddalashdi.
Transfer oynasi yopildi, shuning uchun Ronalduning ketishi haqidagi hikoyalar endi bezovta qilmaydi. Jamoa oldingi intilmoqda va bu juda zo'r", – dedi MYU sobiq sardori.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди
Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди
Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди
Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган
Fikrlar