Ronalduning o'g'li dadasidan avval Saudiya Arabistoni chempioniga aylandi
10 fev 2024 11:47
Yangiliklar
Ronalduning o'g'li dadasidan avval Saudiya Arabistoni chempioniga aylandi
Kichkina Krishtianu Ronaldu 13 yoshgacha bo'lgan futbolchilar orasida Saudiya Arabistoni chempioni bo'ldi.
Ronalduning katta o'g'li "Al Nassr" bolalar jamoasi safida chempionat yakunlanishidan uchta tur avval sovrinni qo'lga kiritdi.
"Uhud"ga qarshi bahsda (4:1) kichkina Ronaldu gol muallifiga aylandi.
"Kichik yulduzlarimizni tabriklaymiz! Bizni yorqin kelajak kutmoqda" - deyiladi "Al Nassr" ijtimoiy tarmoqlarida.
O'g'lidan farqli o'laroq Saudiya Arabistoni chempionatida ikkinchi mavsumini o'tkazayotgan Krishtianu Ronaldu hozircha milliy chempionat g'olibiga aylangani yo'q.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar