Ronaldu va Messida 146 sekundlik farq
28 sen 2020 12:15
Yangiliklar
Ronaldu va Messida 146 sekundlik farq
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu va "Barselona" forvardi Lionel Messi kecha "Roma" va "Vilyarreal"ga qarshi o'yinlarda penaltidan 146 sekundlik farq bilan gollar urishdi.
Portugaliyalik Rim jamoasiga 00:32:17 (Toshkent vaqti)da, argentinalik futbolchi esa "Vilyarreal" darvozasiga sal kechroq penaltidan gol urdi - 00:34:43.
Messi Ispaniya chempionatida ketma-ket 17 mavsumda gol urishga erishgan to'rtinchi o'yinchi bo'ldi. Ushbu yutuqqa shuningdek "Atletik" sobiq forvardi Agustin Gainse (19 mavsum), "Real" sobiq forvardi Karlos Alonso (17) va "qirollik klubi" himoyachisi Serxio Ramos (17) erishgan.
"Yuventus" esa 2 o'yinda 4 ochko jamg'ardi va A Seriya turnir jadvalida 5-o'rinda bormoqda. Klub keyingi o'yinini 4 oktyabr kuni o'z maydonida "Napoli"ga qarshi o'tkazadi.
"Barselona" esa kelasi o'yinini safarda, "Selta"ga qarshi 1 oktyabrda o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar