Kriptobirjani reklama qilgani uchun Krishtianu Ronalduni AQSHda sudga berishdi
29 noy 2023 21:18
Yangiliklar
Kriptobirjani reklama qilgani uchun Krishtianu Ronalduni AQSHda sudga berishdi
"Al Nassr" klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduni AQSHda sudga berishdi. Bunga portugaliyalik hujumchining Binance kriptobirjasini reklama qilgani sabab bo'lgan.
Malumot uchun, Binance kriptobirjasi muntazam ravishda registraciya qilinmagan qimmatli qog'ozlar savdosi bilan shug'ullanib kelgan. AQSH hukumati qo'ygan ayblovlardan so'ng, kompaniya o'z aybiga iqror bo'lgan va 4.3 mlrd dollarlik jarimani to'lashga rozi bo'lgan.
Ronalduni sudga berganlar esa futbolchi birja noqonuniy qimmatli qog'ozlar savdosi bilan shug'ullanishinidan xabardor bo'lishi kerak edi deb hisoblamoqdalar. Bundan tashqari, Ronalduda sarmoya kiritish bo'yicha ulkan tajriba bo'lgan va u ushbu masalada tajribali konsultantlarning xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega edi. Arzdorlar Ronaldudan keltirilgan zararni qoplashni talab qilmoqdalar.
Eslatib o'tamiz, Krishtianu Ronaldu va Binance Holdings kompaniyasi 2022 yilning yozidan beri NFT sferasida hamkorlik qilib kelishadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar