Ronaldu Kaka bilan uchrashdi
05 sen 2022 19:10
Yangiliklar
Ronaldu Kaka bilan uchrashdi
"Manchester Yunayted" - "Arsenal" uchrashuviga braziliyalik sobiq futbolchi Kaka tashrif buyurdi.
Uchrashuvda "qizil iblislar" Reshfordning dubli hamda Antonining gollari evaziga 3:1 hisobida g'alaba qozondi.
Braziliyalik sobiq futbolchi, 2007-yilgi "Oltin to'p" sohibi Rikardo Kaka "Old Trafford"ga mazkur uchrashuvni tomosha qilish uchun tashrif buyurdi. Kaka "Real"dagi sobiq jamoadoshi Krishtianu Ronaldu, shuningdek, vatandoshlari Kazemiro, Antoni, shuningdek, "Arsenal" tarkibidagi Jezus, Gabriel, Vieyra kabi futbolchilar bilan uchrashib, ular bilan suratga tushgan.



Kaka Ronaldu bilan tushgan suratni Instagramdagi sahifasiga joylab, "Seni ko'rganimdan hamisha xursandman" deya izoh qoldirgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar