Ronaldu CHL qurasiga taqib kelgan taqinchoqlarning narxini bilasizmi?
31 avg 2024 17:56
Yangiliklar
Ronaldu CHL qurasiga taqib kelgan taqinchoqlarning narxini bilasizmi?
Krishtianu Ronaldu CHempionlar ligasi qura marosimiga juda qimmat taqinchoqlar bilan keldi.
"Al Nassr"ning 39 yoshli hujumchisi 29 avgust kuni Monakoda o'tkazilgan CHempionlar ligasi qura marosimida qatnashdi.
Portugaliyalik CHempionlar ligasining barcha davrlardagi to'purari sovrinini qabul qilib oldi.
Ronaldu marosimga bir nechta qimmatbaho taqinchoqlar bilan keldi. Uning qo'lidagi Franck Muller Cintree Tourbilon soati 2,2 mln. funt turadi. Pidjakidagi 33 karatli brilliantga ega taqinchoqning narxi 3,8 mln. funt.
Uning qulog'idagi Messika So Move Pave ziragi 6,5 ming funt turadi.
SHunday qilib, Krishtianu Ronaldu marosimga 7 mln. evrolik taqinchoqlar bilan keldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar