Xoland Krishtianuning "abadiy" rekordini yangilay oladimi? Bunga necha yil talab etiladi?
15 noy 15:36
Yangiliklar
Xoland Krishtianuning "abadiy" rekordini yangilay oladimi? Bunga necha yil talab etiladi?
Kelajakda nimalar bo'lishi mumkinligini tasavvur qilib ko'ramiz.
Krishtianu Ronaldu – terma jamoa safida gollar bo'yicha jahon rekordchisi. 40 yoshli Ronaldu hali ham xalqaro maydondagi faoliyatini davom ettirmoqda. 2021 yil u Eron afsonasi Ali Dayining (109) rekordini yangilagandi. 2025 yilda Ronaldu eronlikdan sezilarli ravishda qochib ketdi, ikkinchi o'ringa esa Lionel Messi ko'tarilib oldi (114 ta gol). Leo ham yaqin yillarda faoliyatini yakunlashi sir emas, ammo Krishtianu uchun rekordchi maqomini yo'qotishga chinakam xavf mavjud. Sababchi esa Norvegiya hujumchisi Erling Xoland. Xo'sh, taxminlarga asoslanib, "Manchester Siti" forvardi Ronalduni quvib o'tishi borasida hisob-kitob qilib ko'rsak.

Futbolchilarning o'rtacha samaradorligini solishtiramiz. Xoland – monstr, Ronalduning yo'li esa bir muncha qiyinroq
Ishni asosiy statistikadan boshlasak. Ronaldu (hozir 40 yoshda) Portugaliya termasi safida 225 o'yinda 143 ta gol urdi. Xoland (25 yoshda) Norvegiya safida 46 o'yinda maydonga tushgan, lekin 51 ta gol urib ulgurdi. O'rtacha Ronaldu har o'yin 0,63 ta gol ursa, Erling – 1,11 ta! Bu jahon tarixidagi ikkinchi ko'rsatkich. Undanda yaxshiroq ko'rsatkich faqatgina daniyalik Poul Nilsenda (1,37 – 38 ta o'yinda 52 ta gol). Biroq bu ancha avval bo'lgan – 1910 – 1925 yillar oralig'ida. Xolandning hozirgi raqiblari ancha jiddiyroq.
Ronalduning 25 yoshida bu boradagi grafigiga nazar tashlasak. Hisoblaymiz: Krishtianu 2010 yilga kelib, terma safida 68 o'yinda ishtirok etgan va bor yo'g'i 22 bor raqib darvozasini ishg'ol etgan. Har o'yin o'rtacha 0,3 tadan gol. Maqtanadigan natija emas. Lekin u vaqtga kelib u JCH-2006 hamda Evro-2004 va Evro-2008larda maydonga tushib ulgurgandi. Bundan tashqari Ronaldu bilan Portugaliya muntazam ravishda top-termalarga qarshi o'ynagan.

Keling, gapimiz isboti sifatida 68 o'yinning qanchasi chindan kuchli jamoalarga qarshi bo'lganini ko'rib chiqsak:
Angliya – 3 o'yin;
Italiya – 2 o'yin;
Niderlandiya – 2 o'yin;
Germaniya – 2 o'yin;
Braziliya – 2 o'yin;
Greciya (Evro-2004da g'olib chiqqan terma) – 2 o'yin;
Ispaniya – 1 o'yin;
Franciya – 1 o'yin.
Jami: 15 o'yin.

Xoland esa Norvegiya termasi libosida bor yo'g'i 3 ta top-jamoaga qarshi maydonga tushgan: bir martadan Niderlandiya, Ispaniya va Italiyaga qarshi. Ha, ancha yaxshi o'yin ko'rsatadigan, o'rtamiyona jamoalarga qarshi o'yinlar ko'p bo'lgan: Shveciya, Turkiya, Serbiya va Daniya. Biroq ularga qarshi Ronaldu ham o'ynagan. Shuning uchun takidlash lozimki Xoland grafik bo'yicha Krishtianuni ortda qoldirmoqda, biroq Erlingning raqiblari ham engilroq edi.
Shu o'rinda Ronalduning 25 yoshdan keyingi davrdagi statistikasini chetlab o'tib bo'lmaydi. Bu davrda u Portugaliya safida 157 o'yinda 121 ta gol urdi. O'rtacha 0,8 tadan gol! Xoland shunday tempda samaradorlik ko'rsata olarmikin?
Xoland Ronalduning rekordini yangilay oladimi? Agar buni uddalasa, nechchi yil kerak bo'ladi?
Faraz qilib ko'rsak, Krishtianu JCH-2026dan keyin terma jamoadan ketsa, kuni-kecha Irlandiyaga qarshi o'yinda qizil olgani tufayli ko'pi bilan yana 11 ta o'yinda maydonga tushadi.
2026 yilning 23-31 mart sanalarida ikkita o'rtoqliq uchrashuvi;
2026 yilning 1-9 iyun sanalarida ikkita o'rtoqlik uchrashuvi;
jahon chempionatida 7 ta o'yin (guruh bosqichida – 2 ta va yana 5 ta o'yin – pley-offda).

Hozirgi tempda (o'rtacha har o'yin 0,63 gol) Ronaldu taxminan yana 8 ta gol uradi. Demak, Krishtianu terma jamoadagi gollari 151 ta gol bilan to'xtaydi. Xoland Norvegiya safida yana 101 ta gol urishi talab qilinadi (eslatib o'tamiz, hozir uning hisobida 51 ta to'p bor). Har o'yin 1,1 ta gol grafigi bilan taxminan 92 ta uchrashuv kerak bo'ladi.
Norvegiya bir yilda nechta o'yin o'tkazadi? 2024 va 2025 yillarda jamoa 10 tadan o'yin o'tkazdi (yoki o'tkazadi), 2026 yilda – 13 tadan 18 tagacha (o'rtoqlik uchrashuvlari + JCH + Millatlar Ligasi + Evro-2028 saralashi). Keling, norvegiyaliklar JCH 1/8 finaligacha etib borishadi deb taxmin qilaylik va unda bizning hisob-kitobda 15 ta bellashuv bo'ladi. Demak, 10+10+15 va natijani 3 ga bo'lamiz. Natijada, Norvegiya 12 oyda 12 ta o'yin o'tkazishi kelib chiqadi. Endi Xolandning gipotetik rekordi uchun kerak 92 o'yinni 12ga bo'lamiz. Xulosa: Erling Krishtianu natijasini yaxshilash uchun taxminan 8 yil kerak bo'ladi. Yani norvegiyalik 33 yoshda (2033 yilda) mutlaq rekordchiga aylanishi mumkin!
Xolandga qanday faktorlar halaqit qilishi mumkin?
Albatta, material davomida taxmin qilgan raqamlarimiz hozircha shunchaki faraz. Amalda esa norvegiyalikning rekordni yangilash yo'lida juda ko'plab faktorlar hal qiluvchi rol o'ynashi mumkin. Ulardan eng sodda va oddiysi – jarohatlar. Xoland salomatligiga katta etibor beradi va uni maksimal ravishda muhofaza qilishga urinadi. Shunga qaramay, norvegiyalik nisbatan ko'p jarohatlanmoqda. Nima bo'lsa ham hech kim jiddiy jarohatlardan kafolatlanmagan. Bunday bo'lishini hech bir futbol muxlisi istamasligi aniq, lekin shunday variantni unutmaslik ham zarur.

Shuningdek, Erlingning o'yinida keskin pasayish kuzatilishi mumkin. Ha, Ronaldu 25 yoshdan keyin gollari sonini sezilarli ravishda oshira olgan. Xolandda esa buning aksi bo'lishi ham hech gap emas. Hozircha "Manchester Siti" forvardi bunday taxminlarga o'rin qoldirmayapti. Ammo uzoq kelajak haqida ishonch bilan gapirish xato bo'ladi.
Yana bir muhim jihat – Norvegiya terma jamoasi natijalari. Agarda jamoa Evropa va jahon chempionatlariga chiqmasa, shu bilan birga qitaning top-jamoalari orasidan muqim o'rin ola bilmasa, Xoland o'zining tempini ushlab qolishi mushkul bo'ladi.
Asosiysi – bir necha bor takidlaganimizdek, bularning barchasi faqatgina taxmin, farazlar. Lekin hozirning o'zida norvegiyalikning samaradorligiga qoyil qolmay iloj yo'q!
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради
Fikrlar
Ёзиш керак экан деб ниммани боса ёзорами.
Pendil glor. ✓
Futbol haqida yozish ×
Pendilni maqtash. ✓