Romano: Jirona etakchisi yozda Angliyaga ko'chib o'tadi
14 fev 2024 08:55
Yangiliklar
Romano: Jirona etakchisi yozda Angliyaga ko'chib o'tadi
Joriy mavsumda Jirona sharafini himoya qilayotgan Savio kelasi mavsumda Angliya Premer-ligasiga ko'chib o'tadi.
Huquqiy jihatdan Franciyaning «Trua» klubiga tegishli va hozirda «Jirona»da to'p surayotgan braziliyalik futbolchi tez orada «Manchester Siti» futbolchisiga aylangani haqida rasman elon qilinadi.
Insayder Fabricio Romano xabariga ko'ra, manchesterliklar Savioni sotib olish bo'yicha kelishuvga erishgan. 19 yoshli hujumkor yarimhimoyachi iyul oyida Manchesterga ko'chib o'tadi. Tomonlar tez orada shartnoma haqida rasman elon qilishi kutilmoqda.
Malumot uchun, Savio joriy mavsum «Jirona» safida 28 o'yinda 7ta gol va 7ta assist qayd etgan. Transfermarkt futbolchini 30 mln evroga baholagan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar