Finalissima bo'lishi uchun Argentina o'z talablarini qo'ydi, aks holda...
15 mar 10:16
Yangiliklar
Finalissima bo'lishi uchun Argentina o'z talablarini qo'ydi, aks holda...
Avvalroq uchrashuv "Santyago Bernabeu" stadionida o'tkazilishi mumkinligi haqida malumot paydo bo'lgandi. Keyinroq Argentina terma jamoasi Madridda o'ynashdan bosh tortgani malum bo'ldi.
TYS Sports jurnalisti Gaston Edulning xabar berishicha, Argentina futbol associaciyasi (AFA) tomonidan Finalissima o'tkazish bo'yicha oxirgi qarshi taklif yuborilgan: o'yin 31 mart kuni va neytral maydonda bo'lishi kerak — aks holda o'yin bo'lmaydi.
ESPN jurnalisti Esteban Edul yozishicha, Argentina 31 mart kuni Rimdagi Olimpiya stadionida o'yin o'tkazishni taklif qilgan. Boshqa variantlar qolmagan.
El Chiringuito nashri xabar berishicha, yaqin soatlar ichida Finalissimaning bekor qilinishi rasman elon qilinadi.
Aslida ushbu bahs 27 mart kuni Dohada bo'lishi kerak edi, lekin Yaqin Sharqdagi vaziyat tufayli uni ko'chirishga qaror qilindi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar