Rodrigo "Siti" taklifini rad etgan
25 dek 2024 15:18
Yangiliklar
Rodrigo "Siti" taklifini rad etgan
"Manchester Siti" o'tgan mavsumdan keyin "Real"dan Rodrigoni sotib olishga urinib ko'rdi.
Ammo futbolchi bu taklifni rad etdi.
"Relevo" xabariga ko'ra, "Real" vingeri diqqat markazida hamisha ikki jamoadoshi Bellingem va Vinisiusda bo'lganidan norozi edi. Rodrigo ular tufayli kamdan-kam hollarda tomoshabinlar olqishiga sazovor bo'lgan. SHuningdek, braziliyalik hayotida shaxsiy muammolar ham chiqqan.
Biroq Rodrigo hech qachon jamoani tark etishni istamagan va Madridda unga tan berishlarini xohlagan. Takidlanishicha, "Manchester Siti" yirik taklif bildirgan, ammo 23 yoshli braziliyalik buni qabul qilmagan.
Eslatib o'tamiz, Rodrigo "Real" La Liga va CHempionlar Ligasida g'alaba qozonishida muhim rol o'ynagan. U 47 o'yinda 15 ta gol urgan va 8 ta golli uzatmaga ega.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
Суперлига. "Пахтакор" "Насаф"ни мағлуб этиб, турнир жадвалида ортда қолдирди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar