So’nggi yangiliklar

01:11Акмал Рустамов: "Агар вазиятларимиздан фойдаланганимизда бугун уч очкони олиб кетардик"  0 00:17Инзаги Нуньесни "Ал Ҳилол"да кўрмоқчи. "Ливерпуль" ҳужумчига музокара ўтказишга рухсат берди  0 23:50Пакета Манчестерга йўл олиши мумкин  0 23:25Расман: "Челси" Хато трансферини эълон қилди  5 23:09Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" ўйинида ҳисоб очилмади, ҳакам ВАР монитори орқали иккита эҳтимолий пенальтини кўриб чиқди  5 22:51Элдор Мойлиев "Насаф" футболчиси "Шўртан"га ўтмагани сабабини айтди  3 22:40Ҳаким Фузайлов "Хоразм"нинг ушбу мавсумдаги мақсадини айтди  0 22:27Максим Шацких: "ОЧЛга оптимал ҳолатда борамиз"  3 22:07Баҳром Ҳайдаров: "Дастлабки икки голни инобатга олмасак, тенг ўйин бўлди"  9 22:02Суперлига. "Хоразм" Ғузорда "Шўртан"дан ишончли ҳисобда устун келди  8 21:36"Бенфика" Браимни "Реал"дан ижарага олмоқчи. Музокаралар бошланди  0 20:55Суперлига. "Андижон" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда таслим қилди  28 20:26"Сурхон" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  2 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  1

Roberto Martines: Ortga nazar solishni xohlamayman Yangiliklar

Roberto Martines: Ortga nazar solishni xohlamayman

Ushbu mutaxassis Angliya premer-ligasida muvaffaqiyatli faoliyat yuritdi: Suonsi, Uigan va Evertonda ishladi. Avgust oyida 43 yoshli murabbiy Belgiya terma jamoasini qabul qilib oldi. U
U Evro-2016dan so'ng jamoani tark etgan Mark Vilmotsning o'rnini egalladi. Yaqinda FIFA.com sayti Roberto Martines bilan suhbat uyushtirdi. quyida ana shu intervyuni o'qishingiz mumkin.

- Sizga Belgiya futbol ittifoqi taklif bilan chiqqanida ajablandingizmi?


- Gap mening hayron qolishimda emas, asosiysi, mamlakat futbol ittifoqi shunday loyihaga qo'l urgan.

- SHartnoma tuzguningizga qadar jamoa haqida nima bilardingiz?


- Tarkibida premer-liga orqali menga tanish bo'lgan futbolchilar bor. Ayniqsa, Romelu Lukaku, Maruan Fellayni va Kevin Miralyasni yaxshi taniyman. Ular bilan Evertonda birga ishlaganmiz. Italiya A seriyasida ham yaxshi o'yinchilar faoliyat yuritishmoqda, ammo milliy chempionatda to'p suradiganlar borasida unchalik malumotga ega emasman. Ayni payt ularni o'rganish bilan mashg'ulman. SHu bois ham iloji boricha ko'proq o'yinlarni tomosha qilyapman. Belgiyalik yoshlarning iqtidoriga qoyil qolyapman. Imkon tug'ilishi hamono ularni bosh jamoaga chorlayman. SHogirdlarimni nafaqat maydonda, balki uning tashqarisida ham yaxshiroq bilishni istayman.

- qo'l ostingizda jahon darajasidagi futbolchilar bor...


- Iqtidor o'z yo'liga. Hamma biladiki, natijaga erishish uchun buning o'zi kamlik qiladi. Muhimi - to'g'ri yo'l tanlash. Maqsadimiz - Belgiya termasi hali erishmagan yutuqlarni qo'lga kiritish. Tarixda ham hech nima yuta olmagan kuchli jamoalar bo'lgan.

- Belgiyaliklarning Evro-2016dagi ishtiroklariga qanday baho berasiz? Jamoa chorak finalda Uels termasiga imkoniyatni boy berdi.


- Ortga nazar solishni xohlamayman, ko'proq kelajakka etibor qarataman. Jamoadagi dastlabki uchrashuvimni Ispaniya termasiga qarshi o'tkazdim. O'shanda futbolchilarda to'la ehtiros va qayg'uni ko'rdim, muxlislar ham shunday holatga tushgandilar. Bundan ko'rinib turardiki, Evropa chempionatidagi muvaffaqiyatsiz ishtirok o'zining salbiy tasirini ko'rsatgan. Birinchi vazifam futbolchilarni ana shundan xalos qilish edi. Rejaga ko'ra, men boshqarayotgan jamoa ortga qaramay, yangi marralarni zabt etish haqida o'ylashi lozim. JCH-2018 saralash bahslaridagi dastlabki uchta uchrashuvimizga nazar solsangiz, yuqoridagi muvaffaqiyatsizlikni unutganmizga guvoh bo'lasiz. SHunisi aniqki, ortga faqatgina tajriba vositasi sifatida qarash kerak, xolos.

- Oldin klubda ishlagansiz va futbolchilar bilan har kuni muloqotda bo'lgansiz. Terma jamoada esa buning imkoniyati yo'q. SHunday jihatlarga qanday etibor qaratyapsiz?


- To'g'ri, klubdagi ishimni bazan sog'inaman, lekin futbolda moslashish degan narsa bor. SHunday ekan, terma jamoa ishiga ko'nikishga majburman.

- Sizningcha, Belgiya terma jamoasining xalqaro arenadagi imkoniyatlari qanday?


- Hammasi bosqichma-bosqich amalga oshadi. Eng avvalo, ayrim ichki ishlarimizni yakunlab olishimiz kerak. Kuchli jamoa jamlagandan keyin esa xalqaro maydonlardagi imkoniyatlarimiz haqida gapirishim mumkin.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика