Saudiya Arabistoni klublari Levandovskini sotib olmoqchi
31 iyu 15:14
Yangiliklar


Saudiya Arabistoni klublari Levandovskini sotib olmoqchi
"Barselona"ning polshalik tajribali hujumchisi Robert Levandovski Saudiya Arabistoni chempionati jamoalari etiborini tortdi.
"Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, Saudiya Arabistonining bir qancha klublari "Barselona" bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan 36 yoshli futbolchi atrofidagi vaziyatni kuzatib bormoqda. Levandovskining o'zi hozircha Kataloniya klubini tark etishni istamayapti, biroq "ko'k-anorranglilar" xo'jayinlari yaxshi taklif tushgan taqdirda forvard bilan xayrlashishga tayyor. Ayni damda mutaxassislar transfer qiymatini 12 million evroga baholamoqda.
Eslatib o'tamiz, Robert Levandovski o'tgan mavsum "Barselona" tarkibida Ispaniya chempionatida 34 o'yinda maydonga tushib, 27 ta gol urgan va 2 ta golga assistentlik qilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Арабла овуради.
Қаёқдаги футболчиларгаям 70-80 млн бериб ётибти
Тем более Роналдудан анча ёшрок))