Roberto Firmino faoliyatini Osiyoning boshqa mamlakatida davom ettiradi
13 iyu 18:20
Yangiliklar
Roberto Firmino faoliyatini Osiyoning boshqa mamlakatida davom ettiradi
"Liverpul"ning sobiq hujumchisi Roberto Firmino Saudiya Arabistonining "Al Ahli" klubini tark etib, faoliyatini Qatarning "Al Sadd" klubida davom ettiradi.
Bu haqda jurnalist Fabricio Romano X ijtimoiy tarmog'ida malum qildi.
Manbaga ko'ra, braziliyalik futbolchi allaqachon "Al Sadd" bilan shaxsiy shartnoma imzolagan.
33 yoshli futbolchi 2023 yilning yozida erkin agent sifatida "Al Ahli" safiga kelib qo'shilgandi. Firmino bu vaqt ichida barcha turnirlarda 65 ta o'yinda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 17 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt braziliyalikning bozor narxini 5 mln evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar