So’nggi yangiliklar

12:51"Реал" ёш иқтидорларининг келажаги борасида қарор қабул қилди  0 12:23АПЛдан яна бир ҳимоячи "Ливерпуль" таклифини рад этиб, "Реал"ни танлади  1 12:00Бугунги ўйинлар: Янги йилни АПЛ билан бошлаймиз  0 11:41"Манчестер Сити" АПЛ тарихидаги энг қиммат футболчилардан бири бўйича катта молиявий йўқотишга учраши мумкин  0 11:10Александр Андроникашвили: "Андижон"га ўтишим жуда тез ва кутилмаганда содир бўлди"  1 10:50"Бунёдкор" ўринбосарлари мураббийи "Локомотив"га ўтди  1 10:20"Нефтчи" U-21 жамоасида украиналик мураббий иш бошлайди  3 09:58"Интер", "Барселона" ва "Ювентус" Жоау Канселуга қизиқмоқда  1 00:55Президент қарори билан Каттақўрғон шаҳрида футбол академияси қурилади  3 00:24Ироқ. Шерзод Темировнинг ягона голи "Арбил" клубига ғалаба тақдим этди. Футболчи ажойиб натижа қайд этмоқда  9 00:15Яйпанга катта футболни қайтариш ҳаракатлари бошланди  5 23:47Луис де ла Фуэнте: "Месси ва Роналду фаолиятини якунламасликлари керак"  4 23:18"Барселона", "Интер" ва "Боруссия" "Хайдук"нинг 18 ёшли ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 22:30"Челси" яқин келажакда натижалар яхшиланмаса, Марескани истеъфога чиқариши мумкин  3 21:56Роберто Ди Маттео мураббийлик фаолияти тиклаш ҳақидаги саволга жавоб берди  2

Roberto Manchini: "Har bir o'yinda ikkita gol ura olsak, men bunga roziman" Yangiliklar

Roberto Manchini: "Har bir o'yinda ikkita gol ura olsak, men bunga roziman"

Osiyo kubogi ikkinchi turidan o'rin olgan Qirg'iz Respublikasi va Saudiya Arabistoni (0:2)terma jamoalari o'rtasidagi o'yindan so'ng, g'olib jamoa bosh murabbiyi Roberto Manchini va uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi Muhammad Kanno matbuot anjumanida qatnashishdi.

- Murabbiy va futbolchining o'yin haqidagi fikrlari qanday?

Roberto Manchini: G'alaba qozonishni uddaladik. Bu eng muhimi. Juda ko'p vaziyatlardan foydalana olmadik. Qizil kartochkalar bo'lmaganda, bizga osonroq bo'lishi mumkin edi.

Muhammad Kanno: Bugungi o'yindagi eng yaxshi narsa bu uch ochko va keyingi bosqichga yo'l olganimiz.

- Kecha matbuot anjumanida siz Saudiya Arabistoni terma jamoasini chempionlik uchun davogarlar qatoriga qo'shmadingiz. Bu gapni aytishdan maqsad o'z jamoangizdan bosimni olib tashlashmidi?

- Yaponiya, Koreya, Avstraliya, Eron reyting bo'yicha bizdan yuqori. Bu esa ularning matematik imkoniyatlari biznikidan ko'proq degani. Men shuni nazarda tutgandim. Biz g'alaba qozondik va keyingi bosqichga chiqdik. Uchinchi o'yin haqida o'ylashimiz kerak. Musobaqada kim g'olib bo'lishi haqida gapirishga hali erta.

- Kechagi matbuot anjumanida g'oliblikka davogarlar orasida Saudiya Arabistonini qo'shmadingiz. Bu gaplarni o'z qo'l ostingizdagi jamoaga bo'lgan ishonchsizlik deb qabul qilsak bo'ladimi? CHunki deyarli xuddi shu jamoa bundan bir yil oldin Argentinani mag'lubiyatga uchrata olgandi...

- Bir xil savol berdingiz. Reytingga qarasak, bizdan kuchli jamoalar bor. Men kecha reyting haqida gapirgandim. Har bir jamoaga qarshi g'alaba qozonishni maqsad qilamiz. Bunisidan xavotir olmang. Yaponiyami, Tailandmi - farqi yo'q. Umuman, sizda reyting nima ekanligi haqida tushuncha bormi?

- Tojikistonga qarshi o'yinda 28ta zarba berdingiz. Vaziyatlar etarli, lekin gol kam. Bu jamoa uchun jiddiyroq o'yinlarda muammo tug'dirmaydimi?

- Ha, ko'p vaziyatlarda foydalanmayapmiz, ammo har bir o'yinda ikkita gol ura olsak, men bunga roziman.

- Qirg'iz Respublikasi terma jamoasi haqida nima deya olasiz?

- Qirg'iziston yaxshi jamoa. Ular kamchilik bo'lishlariga qaramasdan oxirigacha qarshilik ko'rsatishdi. Aslida, bizga o'yinchilar soni teng bo'lgani qulayroq edi.

- Ikki tur ortda qoldi. Qaysi jamoa hozirgi paytda turnir favoriti bo'lib turibdi? Bugungi ko'rsatgan o'yiningizdan mamnunmisiz?

- Ha, o'yinimizdan qoniqdim. CHunki ko'p vaziyat yaratdik. Keyingi o'yinlarga tayyorlanamiz. Osiyo kubogini kim qo'lga kiritishiga kelsak, hozirdan bir narsa deb bo'lmaydi. Biz keyingi o'yin haqida qayg'urishimiz kerak.

- Muhammad, bugungi o'yindagi asosiy vazifangiz nimadan iborat edi?

- Bizda etarli tajriba bor. Bu turnirda bir jamoa bo'lib o'ynayapmiz. Murabbiyning barcha topshiriqlarini bajarish - asosiy vazifamiz.

- Muhammad, guruh bosqichi o'yinlarida Yaponiya va Koreyaning biroz yomon natija ko'rsatishmoqda. SHundan kelib chiqib, hali ham Saudiya Arabistonining imkoniyatlarini pastroq deya baholaysizmi?

Boshqa jamoalarning holatidan qatiy nazar, biz turnirda g'olib bo'lishni istaymiz. Har bir o'yinda g'alaba bizning asosiy maqsadimiz. Turnirdagi g'oliblik ham shular jumlasidandir.


J.I

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика