"Real" nimadan norozi?
24 dek 22:45
Yangiliklar
Ushbu mavsumda "Real"ning 13 safar o'yinlaridan faqatgina ikkitasi mahalliy vaqt bilan 21:00dan erta boshlangan. "Real" safar o'yinlari boshlanish vaqtini ertaroq bo'lishini istaydi.
Klubdagilar bu holatni ommaga rasman olib chiqishni ham reja qilishmoqda.
"Madriddan tashqaridagi o'yinlardan uyga tungi 3dan erta qaytmaymiz. Ertasi kuni ertalabdan mashg'ulot! Bunday ko'p o'yinlar vaqtida dam olishga vaqt bo'lmayapti.
Barchasi chegaradan oshib ketyapti, bunga moslashayotgan bo'lsak-da, bu normal holat emas", - dedi "Real"dagilar As nashriga.
Fikrlar