Ravshan Eliboev: "Olmaliq ahlini chempionlik bilan tabriklayman"
25 apr 2017 14:47
Yangiliklar


Ravshan Eliboev: "Olmaliq ahlini chempionlik bilan tabriklayman"
"Olmaliq" hamda "Ardus" o'rtasidagi O'zbekiston chempionati ikkinchi final uchrashuvidan (6:1) so'ng, olmaliqliklar posboni Ravshan Eliboev bahs haqida fikr bildirdi.
"Bugungi bahs yaxshi o'tdi. Qiyin g'alabaga erishdik. Muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. Butun mavsum davomida o'yinlarimizni yoritib borgan OAV vakillariga ham rahmat aytaman. Olmaliq ahliga chempionlik muborak bo'lsin.
Endi bizni Osiyo CHempionlar ligasi kutib turibdi. Ushbu musobaqaga tayyorlanamiz.
Oliy ligadagi eng kuchli raqib? "Ardus" va "Do'stlik"ni ajratib ko'rsatishim mumkin, ammo "Olmaliq"qa qarshi o'ynagan barcha jamoa puxta tayyorlanib, ikki baravar kuch bilan harakat qilishdi" - deydi Eliboev.
O’xshash yangiliklar
00:27
Ravshan Ermatov: "O'rtoqlik o'yinlari haqida bir to'xtamga kelganimizdan so'ng xabar beramiz" 21
23:21
O'zbekiston U23 terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o'yin uchun tayyorgarlikni davom ettirmoqda GALEREYA 1
00:43
O'zbekiston U23 terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o'yin uchun tayyorgarlikni davom ettirmoqda GALEREYA 0

Fikrlar