So’nggi yangiliklar

09:48Пеп Гвардиола Алекс Фергюсоннинг Премер-лигадаги рекордини янгилади  1 09:20"Реал Мадрид" саккиз нафар футболчисини сотишга тайёр - DC  1 08:53Нури Шаҳин кечаги ғалабадан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  2 08:25Sofascore. Шомуродов ва Файзуллаев кечаги учрашувда неча баҳо олишди?  3 07:59Грузиялик тўпурар ярим ҳимоячи водий жамоаси билан шартнома имзолади  9 07:31Ўткир Юсуповнинг "Фулад"даги тақдири маълум бўлди  8 02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  20 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дунёни асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  10 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  7 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  47 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0

Ravshan Haydarov: "Mirabror Usmonov xotira turniri orqali hozirgi kuchimiz va darajamizni sinab olamiz" Yangiliklar

Ravshan Haydarov: "Mirabror Usmonov xotira turniri orqali hozirgi kuchimiz va darajamizni sinab olamiz"

O'zbekiston U-23 terma jamoasi iyul oyidagi yig'inga kirishganidan xabaringiz bor.

Terma jamoa bosh murabbiy Ravshan Haydarov oldinda kutayotgan Mirabror Usmonov xotira turniri va futbolchilarning holati bo'yicha gapirdi.

– Ravshan Akmalovich, mazkur yig'in qanday tashkil etilyapti?
– Iyul oyidagi yig'inimizni Mirabror Usmonov xotira turniri bilan muvofiqlashtirib o'tkazish imkoniyati bor. Bu Osiyo Kubogi saralash bahslariga tayyorgarlik jarayonining navbatdagi bosqichi bo'ladi. Turnir orqali jamoamizning hozirgi darajasini baholaymiz.

– Superligada tanaffus. Futbolchilar klublarga nisbatan ertaroq yig'ildi. Bu jismoniy holatga tasir qilmaydimi?
– Buni ham hisobga oldik. Futbolchilar damdan so'ng mashg'ulotlarga qaytdi. Klublardagi ishni bu erda ham davom ettiramiz. Hozir tayyorgarlik haftalik cikl asosida ketyapti. Bir haftadan so'ng Yaponiya, yana bir haftadan keyin Saudiya Arabistoniga qarshi o'ynaymiz. Barchasi reja asosida.

– Saudiya Arabistoni va Yaponiya haqida nima deyish mumkin?
– Juda kuchli raqiblar. Saudiya 2003–2004 yilgi tarkib bilan ko'p yaxshi turnirlarda qatnashmoqda. Ular ustida tahlil va o'rganish olib bormoqdamiz. Yaponiya esa doim jiddiy raqib bo'lgan. Bunday o'yinlar orqali o'z imkoniyatimizni sinaymiz.

– Turnir o'z maydonimizda bo'lib o'tadi. Musobaqa g'olibligi uchun harakat qilishimiz tabiiy...
– Albatta. Har bir o'yinda g'alaba uchun maydonga tushamiz. Turnirga qiziqish yuqori. Muxlislar uchun Mirabror Usmonov xotirasini yodga olish ham muhim. Bu musobaqa ananaviy tusga ega bo'ldi. Avvalgi yillarda boshqa yosh toifasidagi terma jamoalar qatnashgandi. Navbat bizga keldi. Biz esa g'alaba uchun maksimal harakat qilamiz.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика