Rasmiy xabar: "So'g'diyona" 32 yoshli nigeriyalik hujumchi bilan shartnoma tuzdi
25 dek 2024 10:49
Yangiliklar
Rasmiy xabar: "So'g'diyona" 32 yoshli nigeriyalik hujumchi bilan shartnoma tuzdi
Yangi mavsumda o'z oldiga yuksak maqsadlar qo'ygan "So'g'diyona" yangi transferlar amalga oshirishda davom etadi.
"So'g'diyona" nigeriyalik hujumchi Jon Junior Igbaruma bilan bir yillik shartnoma imzoladi.
Malumot o'rnida Jon Junior Igbaruma 2024 mavsumda "Sandviken" jamoasi safida 28 uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urgan.
Jon Junior Igbaruma faoliyati davomida SHveciyaning "Syurianska", "Sandviken", "Karlstad Yunayted", "Sirius", "Dalkurd" jamoalarida to'p surgan. Uning oxirgi jamoasi "Sandviken" hisoblanadi.
Jon Junior Igbaruma "So'g'diyona" safida kelasi mavsumda yuqori marralarni zabt etishida tilakdoshmiz", - deb yozadi "So'g'diyona" matbuot xizmati.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
Суперлига. "Пахтакор" "Насаф"ни мағлуб этиб, турнир жадвалида ортда қолдирди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar