So’nggi yangiliklar

01:35Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда "Аланяспор" билан дуранг ўйнади, Алиқулов тўлиқ ўйнади  1 01:31"Бавария" — Германия Суперкубоги соҳиби  0 01:07U-21 биринчилиги. Йовович ва Марушич "Насаф"га гол урди, "Сўғдиёна"дан суперкамбэк, пешқадамдан мағлубият  2 00:39Рўзиқул Бердиев: "Мақсадимиз чемпионликни ўзимизда сақлаб қолиш"  4 00:37Ла Лига. "Барселона" йирик ғалаба билан бошлади, "Мальорка" биринчи бўлимдаёқ тўққиз киши бўлиб қолганди   47 00:11"Челси" "Милан" ярим ҳимоячисини қўлга киритмоқчи  0 23:57Элдор Мойлиев: "Насаф" ҳимоясини ёриб ўтиш бизга қийин бўлди"  0 23:39БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" меҳмонда "Ал Айн"га мағлуб бўлди, Ғаниев жамоасининг ягона голига муаллифлик қилди  0 23:31АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Вулверхэмптон"ни тор-мор этди, Ҳусанов захирадан ўйинга қўшилди  26 23:30Суперлига. “Навбаҳор” — “Нефтчи” 0:1   1 23:28Вадим Абрамов: "Мухлисларимиз уйдаги ғалабани соғиниб қолишганди"  3 23:14"Навбаҳор"нинг Намангандаги мағлубиятсиз серияси тугади  2 22:51Миржалол Қосимов: "Юриб футбол ўйнайдиган пайтлар ўтиб кетди"  6 22:03"Манчестер Юнайтед" Дания терма жамоаси хавбекини сотиб олмоқчи  2 21:30"Насаф" Қашқадарё дербисида "Шўртан"ни мағлуб этди  23

Rasmiy xabar: Edgar Gess yana "SHo'rtan"ga qaytdi Yangiliklar

Rasmiy xabar: Edgar Gess yana "SHo'rtan"ga qaytdi

Teglar :  SHo'rtanEdgar Gess
Malumki, ikkinchi davra o'yinlariga tayyorgarlik ko'rayotgan “SHo'rtan” jamoamiz hal qiluvchi yig'inlarni Toshkentda o'tkazmoqda.

5 iyuldan etiboran G'uzorda boshlangan ushbu jarayonlarda futbolchilarimiz Vitaliy Legay va Gennadiy Kochnevlar qo'l ostida mashg'ulotlarda qatnashishayotgan edi. SHu bois barcha muxlislar va mutaxassislarni bosh murabbiy masalasi qiziqtirib kelayotgandi. Bu borada saytimiz orqali ham bir necha marta malumotlar berib bordik. Jumladan klubimiz rahbariyati bir qator tajribali mutaxassislar bilan muloqot olib borayotganligidan ham voqif etdik. Nihoyat kuni kecha yakuniy qaror qabul qilindi. Bundan avval ham “SHo'rtan”da faoliyat ko'rsatgan, g'uzorlik muxlislar mehrini qozongan va aytish joizki, hozircha jamoamizni o'z tarixida eng yuksak natijalarga erishtirgan Edgar Gess “Oq bo'rilar” boshqaruviga munosib nomzod deb topildi. 25 iyul kechki mashg'ulotlar arafasida klubimiz rahbariyati futbolchilar va murabbiylar shtabi vakillari bilan yig'ilish o'tkazdi hamda E.Gessni rasman bosh murabbiy sifatida tanishtirdi.

Eslatib o'tamiz, ushbu murabbiy “SHo'rtan”ni 2009-2011 va 2012-2013 yillar davomida boshqarib bordi. Uning qo'l ostida “Oq bo'rilar” jamoasi 2010 yilgi mavsumda Oliy ligada 4 o'rinni egallashdi. SHu yilning o'zida “SHo'rtan” O'zbekiston Kubogining finaliga qadar etib bordi. 2011 yilgi mavsumda esa G'uzor jamoasi Xalqaro musobaqa - Osiyo Konfederaciyasi Kubogida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Guruhdan keyingi bosqich - 1/8 finalga chiqish vazifasini uddaladi.

Saytimizni kuzatib boring, tez orada “SHo'rtan”ning yangi bosh murabbiyi bilan batafsil suhbatni elon qilamiz.

Reyting: -31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика