Rasman: "Vissel Kobe" yana bir taniqli o'yinchini o'z safiga qo'shib oldi
27 iyu 2019 12:39
Yangiliklar
Rasman: "Vissel Kobe" yana bir taniqli o'yinchini o'z safiga qo'shib oldi
Belgiyalik himoyachi Tomas Vermalen "Vissel Kobe" futbolchisiga aylandi.
Tomas Vermalen "Barselona"da 2014-2019 yillar davomida o'ynagan. Futbolchi va klub o'rtasida imzolangan shartnoma shu yozda yakuniga etdi.
Yaponiya klubida oldin "Barselona"da o'ynagan futbolchilar Andres Inesta, David Vilya va Serxi Samper, shuningdek germaniyalik Lukas Podolskilar o'ynamoqda.
Himoyachi Kataloniya klubiga 2014 yilda "Arsenal"dan o'tgan va 53ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assistga erishgan.
"Vissel Kobe" ayni payt J League da 18ta klub orasida 15-o'rinda bormoqda.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar