Rasman: Saidazamat Mirsaidov - “Navbahor” futbolchisi!
25 iyu 2024 00:26
Yangiliklar
Rasman: Saidazamat Mirsaidov - “Navbahor” futbolchisi!
Namanganning "Navbahor" klubi "Olimpik"da harakat qilayotgan Saidazamat Mirsaidov bilan rasman shartnoma imzoladi. Futbolchi ikkinchi davrani "Navbahor" safida o'tkazadi.
Mirsaidov 2001 yil, 19 iyulda Toshkent shahrida tug'ilgan. “Paxtakor” futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi va 2020 yilgacha poytaxtliklarning turli yoshdagi jamoalarida o'ynagan.
2021 yildan buyon shu kunga qadar “Olimpik”da o'ynayotgandi. Mazkur jamoa tarkibida barcha musobaqalarda 64 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan.
2018-2020 yillarda O'zbekiston – U-20 terma jamoasida o'ynagan.
2021 yildan buyon O'zbekiston-U-23 olimpiya terma jamoamizda o'ynamoqda hamda mazkur termamiz tarkibida joriy yil Osiyo vice-chempionligini qo'lga kiritdi.
Saidazamat Mirsaidov O'zbekiston-U-23 olimpiya terma jamoamizning Parij-2024 Olimpiadasida ishtirok etadigan tarkibidan o'rin olgan.
“Navbahor” PFK matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar