Rasman: Lyubisha Pecel “Andijon”ni tark etdi
03 dek 2024 16:38
Yangiliklar


Rasman: Lyubisha Pecel “Andijon”ni tark etdi
"Andijon" matbuot xizmati jamoani serbiyalik legioner Lyubisha Pecel tark etganini elon qildi.
"Yodingizda bo'lsa, 31 yoshli himoyachi shu yilning yozida jamoamizga qo'shilgandi va chempionat yakuniga qadar shartnoma imzolangan. O'tgan vaqt davomida Pecel Superligada 5 ta, O'zbekiston Kubogida 2 ta o'yinda maydonga tushdi.
"Serbiyalik legioner bilan tuzilgan shartnoma yakunlangani bois tomonlar iliq munosabatda xayrlashdilar.
Pecelga jamoamizga qo'shgan hissasi uchun minnatdorlik bildiramiz va uning keyingi faoliyatiga omad tilaymiz", - deyiladi klub xabarida.
O’xshash yangiliklar
21:27
Artyom Petrosyan: "Futbolchilar ruhiy jarlikda. 3-4 kun ichida bu holatdan olib chiqib bo'lmaydi" 16

Fikrlar