Rasman: Farruh Sayfiev - "Navbahor" futbolchisi!
30 jan 2024 19:25
Yangiliklar
Rasman: Farruh Sayfiev - "Navbahor" futbolchisi!
Bu haqida "Navbahor" PFK matbuot xizmati xabar berdi.
Sayfiev 1991 yil 17 yanvarda Samarqand shahrida tug'ilgan. Futbolchilik faoliyati davomida "Nasaf" (Qarshi, 2012-2017 yillar), "Paxtakor" (Toshkent, 2018-2023 yillar) jamoalari sharafini himoya qilgan.
O'tgan mavsumda "sherlar" tarkibida barcha musobaqalarda jami 31 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 8 ta golga assistentlik qilgan.
Farruh Sayfiev 2014 yildan buyon O'zbekiston milliy terma jamoasi azosi hisoblanadi va ayni damda Osiyo Kubogida yurtimiz sharafini himoya qilmoqda.
"Biz Farruh Sayfievga "Navbahor"dagi faoliyatida omad yor bo'lib, chiroyli o'yinlari hamda gollari bilan "lochinlar"ning g'alabalariga munosib hissa qo'shishiga tilakdoshmiz", - deyiladi klub xabarida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Миср терма жамоаси собиқ юлдузи кечаги учрашувдан сўнг жамоа бош мураббийини танқид қилди
Fikrlar