Rasman: "Borussiya" Sanchoni ortga qaytardi
11 jan 2024 17:42
Yangiliklar
Rasman: "Borussiya" Sanchoni ortga qaytardi
Dortmundning "Borussiya" klubi Jeydon Sanchoning qaytganini elon qildi.
Futbolchi "Manchester Yunayted"ni tark etdi.
"Borussiya" Sancho bo'yicha kelishuvni elon qilishga kreativ yondashdi. Klub odatdagi yangiliklar o'rniga rasmiy hujjatning parodiyasini elon qildi, unda shunday deyilgan:
"Yaqin kelajakdagi rejalaring? - "Men qaytib keldim".
Eslatib o'tamiz, avvalroq OAVda angliyalik futbolchi joriy mavsum oxirigacha nemis klubiga ijara asosida o'tishi haqida xabarlar tarqalgandi. 23 yoshli Jeydon Sancho jamoa bosh murabbiyi Erik ten Hag bilan mojarodan so'ng "qizil iblislar" qaydnomasiga kiritilmagan.
Angliyalik futbolchi ilgari Dortmundning "Borussiya"sida harakat qilgan va 2021 yilda MYUga yo'l olgan edi. Futbolchi joriy mavsum APLda bor-yo'g'i 3 ta o'yinda maydonga tushdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar