Ramos "Real"ning "Barselona"dan 29 soat kam dam olishi haqida: "Tenglik bo'lishi kerak"
15 noy 2019 13:58
Yangiliklar
Ramos "Real"ning "Barselona"dan 29 soat kam dam olishi haqida: "Tenglik bo'lishi kerak"
"Real" sardori Serxio Ramos "El Klasiko"ning vaqti haqida fikr bildirdi.
"Oxir-oqibat hammasi "Barselona"ning qo'lida qolmoqda. Biz "Barselona" bilan bir kunda o'ynaymizmi, demak bir xil muddat dam olishimiz kerak.
SHunday bo'lsada biz tayyormiz va g'alaba qozonishga harakat qilamiz", - deydi Ramos.
"Barselona" va "Real" o'rtasidagi o'yin Kataloniyada 18 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:55da boshlanadi.
O'yindan odingi dam olish kunlarida esa "Barselona" o'z o'yinini 14 dekabr kuni Anoetada 20:00da o'tkazadi. "Real" esa 16 dekabr kuni soat 01:00 Mestalyada o'ynaydi.
"Qaymoqranglilar" rahbariyati o'zlarining La Liga bilan aloqalari yaxshi emasligi sabab, liga Kataloniya klubiga yordam bermoqda deb hisoblamoqda.
O’xshash yangiliklar
00:46
3:0 dan keyin xotirjamlikka o'rin yo'q! Arbeloa "Man Siti"ga qarshi javob o'yinidan nima kutmoqda? 4
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar