Rafinya: "Men Italiya terma jamoasida o'ynashga juda yaqin kelganman"
06 may 00:09
Yangiliklar


Rafinya: "Men Italiya terma jamoasida o'ynashga juda yaqin kelganman"
Rafinya 2020 yil Italiya terma jamoasi sharafini himoya qilishi mumkinligi haqida gapirib berdi.
"Men 2020 yilda Italiya g'olib chiqqan Evropa chempionatiga borishim kerak edi. Hammasi deyarli tayyor edi. Yaxshiki, pasportim vaqtida tayyor bo'lmadi", dedi u.
"O'sha paytda Italiya terma jamoasi xodimlari menga qo'ng'iroq qilishardi. Jorjino doimo men bilan gaplashardi. Italiya jamoasi rahbariyati men uchun juda qiziqarli loyiha tayyorlagan edi, bu menga haqiqatdan ham yoqqandi.
Lekin shu bilan birga, ichimda hali ham Braziliya terma jamoasi formasini kiyishga bir foiz umid bor edi. Yaxshiki, Italiya pasportim vaqtida tayyor bo'lmadi".
O’xshash yangiliklar

Fikrlar