So’nggi yangiliklar

13:30Ўзбекистон Суперкубоги тўпурарлари: Черан етакчи, Кошелев ва Акопянц ҳам рўйхатда бор  0 13:02"Барселона" ёз учун устувор мақсадни танлади  8 12:30"Ютқазиш ва хато қилишдан қўрқиб, мухлисларни зериктириб қўйишмаса бўлгани" — Суперкубок олдидан сўз Суперлига матбуот котибларига  5 12:01"Ливерпуль” Алиссон билан шартномани узайтирди  0 11:33"Манчестер Юнайтед" Давид Раумни нишонга олди  0 11:05Ўзбекистон Суперкубоги: “Насаф” энг кўп соврин ютган, “Пахтакор” энг кўп мағлубиятга учраган  5 10:45Макс Доуман кечаги голидан сўнг АПЛ тарихига кирди  0 10:16Финалиссима бўлиши учун Аргентина ўз талабларини қўйди, акс ҳолда...  6 09:41"Машъал" жамоа бош мураббийининг соғлиғи ҳақида маълумот берди  0 09:14Кечаги йирик мағлубиятдан сўнг "Истанбул Башакшехир" устози нималар деди?  1 09:00Ўзбекистон Суперкубоги: томошабинлар рекорди янгиланадими?  11 08:46Кечаги дурангдан сўнг Гвардиола чемпионлик учун кураш ҳақида гапирди  9 08:20Sofascore. "Истанбул Башакшехир" йирик ҳисобда мағлуб бўлган баҳсда Шомуродов неча баҳо олди?  0 07:53Sofascore. "Манчестер Сити" дуранг ўйнаган баҳсда Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 07:25Ўзбекистон Суперкубоги. Бугун Ўзбек "Эл Классико"си бўлиб ўтади  22

Futzal yakunlari. Osiyo yangi chempionni ko'rishga yaqin edi Yangiliklar

Futzal yakunlari. Osiyo yangi chempionni ko'rishga yaqin edi

Indoneziya poytaxti Jakartada bo'lib o'tgan futzal bo'yicha Osiyo chempionati o'z yauniga etdi.

Osiyo bu yilgi musobaqada yangi chempionni ko'rishi mumkin edi. O'z tarixida birinchi bor finalga chiqqan Indoneziya futzal terma jamoasi Eronni mag'lub etib, sensaciya ko'tarishga juda yaqin kelgandi, biroq sovuqqonlik va mahorat o'z so'zini aytib, Eron terma jamoasi penaltilar seriyasida zafar quchib, 14-bor Osiyo chempionligini qo'lga kiritdi.


Indoneziya — musobaqa kashfiyoti

Ha, bemalol shunday deyishimiz mumkin. Bungacha futzal bo'yicha Osiyo chempionatida 10 marta ishtirok etgan Indoneziya umuman kuchli to'rtlikka kira olmagandi. Lekin uyda o'tgan musobaqada ular chinakam shov-shuv ko'tara olishdi. Indoneziya terma jamoasi guruhda Iroq, Qirg'iziston va Janubiy Koreyani ortda qoldirib birinchi o'rin bilan chiqdi.

Keyin chorak finalda Vetnam 3:2 hisobida dog'da qoldirildi va bu o'yin juda chiroyli o'tdi. Indoneziyaning yarim finalga chiqishini mezbonlik faktoriga yo'ydik, harqalay uyda devorlar ham yordam beradi naqli bekorga aytilmagan. Ammo yarim finalda Yaponiya mag'lub etilishi umuman kutilmagan voqea bo'ldi. Yaponiya futzal terma jamoasi 4 bor Osiyo chempioni emasmi, o'z mahoratini namoyish etgan holda guruh o'yinlarining barchasida g'alaba qozonib, to'plar nisbatini 11-3ga keltirgan hamda chorak finalda Afg'oniston ustidan 6:0 hisobida g'alaba qozongandi.

Indoneziya esa shu jamoa darvozasiga 5ta gol urishni eplay oldi. Yakuniy hisob 5:3 ko'rinish oldi va qarabsizki Indoneziya finalda. Hamma hayratda! Qanaqasiga futzali mashhur bo'lmagan yurt jamoasi finalga chiqishi mumkin? Bu shunchaki kutilmagan voqeami yoki haqqoniymi... Keyin esa finalni kuta boshladik. 

7 fevral kuni o'tkazilgan final haqiqiy dramaga aylandi. Indoneziya terma jamoasi amaldagi chempion, nafaqat amaldagi balki Osiyoning 14 karra chempioni Eronga qarshi tengma-teng o'yin ko'rsatib, hatto uch marta hisobda oldinga chiqib oldi. O'yindan keyingi penaltilar seriyasida mezbonlar 3:1 hisobida oldinga chiqib olishdi, lekin baribir oxirigacha bardosh etmadi. Eron penaltilar seriyasida faqat bir marta, Indoneziya esa ikki marta noto'g'ri zarba berib, natijada forslar 5:4 hisobida g'olib chiqishdi.


Kuchaygan jamoalar

Ushbu musobaqa shuni ko'rsatdiki, Osiyoda futzal kuchayib boryapti. To'g'ri, Eron yana chempion bo'ldi, lekin boshqa o'yinlarga qarang. Indoneziyaning finalga chiqib, Eronni yutishiga bir bahya qolishi faqat mezbonlik faktori emas. Buning ortida juda katta mehnat va futzalga etibor yotibdi. Umuman olganda chorak finalga chiqqan barcha jamoalar kuchli edi. Hatto Yaponiya 6:0 hisobida mag'lub etgan Afg'oniston ham futzal o'ynashni o'rganib oldi. Vetnam, Tailand, Iroqda ham futzal rivojlanyapti.

Guruhdan chiqa olmagan jamoalarni oladigan bo'lsak, Saudiya Arabistoni bilan Malayziyada futzal hali u darajada shakllanmagan desak, Tojikiston bilan Avstraliya borasida bu gapni ayta olmaymiz. Ayniqsa yon qo'shnilarimiz futzalda ancha dadil harakat qilmoqda. Bizda nima gap degan savolni o'rtaga tashlasak, hamma har xil fikr bildiryapti. Kimdir futzalimiz orqaga ketdi, oldingi futzalchilar va terma jamoa ancha kuchli edi demoqda. Kimdir O'zbekiston futzal federaciyasi tashkil etilgach, hammasi yangidan yo'lga qo'yilyapti, terma jamoada avlodlar almashinuvi ro'y berdi deyapti. Bularning barchasiga qo'shilsa bo'ladi. 


Murabbiylar fikri

Shunday qilib Eron futzal terma jamoasi yana chempion bo'ldi. Futzalchi sifatida 8 bor Osiyo chempionligini qo'lga kiritgan Vohid Shamsayi terma jamoa bosh murabbiyi sifatida o'zining ilk sovriniga ega chiqdi. 50 yoshli murabbiy finaldan keyin o'z fikrlarini quyidagicha bayon etdi:

"Osiyo chempionati zo'r o'tdi, musobaqa davomida ko'plab voqealar sodir bo'ldi. Futzal butun dunyoda odamlarni birlashtirishiga ishonaman. Futzalchilik paytimdan beri faqat terma jamoani o'ylab kelganman, chunki buni xalqimizga xizmat qilish va Vatan oldidagi burchim deb bilaman. Murabbiylikni boshlagach yana shu fikrda qoldim. Biz har doim bosimni his qilamiz va bu bosim bizni g'alabalarga undaydi. Jamoamizdagi barchaga katta rahmat aytaman". 

Indoneziya terma jamoasini shu darajaga olib chiqqan Ektor Souto ham o'z fikrlarini bayon etdi. Malumot uchun, Ektor Souto ispaniyalik murabbiy bo'lib, 1981 yil tug'ilgan. Nasib qilsa ushbu mutaxassis haqida keyinroq alohida to'xtalamiz. Hozircha shuni aytishimiz mumkin, u 2024 yildan beri Indoneziya futzal terma jamoasini boshqarib kelmoqda.

Evropalik murabbiyning finaldan keyingi fikrlari:

"Men birinchi navbatda qo'l ostimdagi o'yinchilarga rahmat aytmoqchiman. Jamoamizda shunday futzalchilar borligidan faxrlanaman. Biz qattiq mehnat qildik va yakunda ajoyib natijaga erishdik. Hech kim bizni finalga boradi deb kutmagandi. Futzal toza 40 daqiqa o'ynaladi va bu vaqt ichida boringni berishing shart. Albatta, ekstra taymlar va penaltilar seriyasi ham o'yinning bir qismi. Biz ayniqsa ruhiy jihatdan o'ta kuchli edik. Eronga qarshi eng ko'p qarshilik ko'rsatgan ham biz bo'ldik. Lekin xatolar ham bo'ldi va sabab chempion bo'la olmadik. Osiyo futzalida Eron va Yaponiya eng kuchlisi, boshqalar qatori ham biz ham kuchayishga harakat qilyapmiz".


Musobaqa yakunlari

Futzal bo'yicha navbatdagi Osiyo chempionati tugadi. Turnirda 31 ta o'yin o'tkazilib, jami 166 ta gol urildi. Bu har bir o'yinda 5,35 dan degani. Final uchrashuvi yakuniga etgach, OFK eng yaxshilarni taqdirlash marosimini o'tkazdi.

Musobaqa yakunlariga ko'ra, Tailand terma jamoasi futzalchisi Muhammad Osamanmusa "Eng yaxshi to'purar" deb topildi. U 6ta gol urishga erishdi. Indoneziya terma jamoasi posboni Ahmad Habibiy "Eng yaxshi darvozabon" deb topildi. 25 yoshli darvozabon turnir davomida chindan ham ajoyib o'yin namoyish etdi. 

Va nihoyat musobaqaning "Eng yaxshi futzalchisi" sovrini Eron terma jamoasi o'yinchisi Sayid Ahmad Abbasiga nasib etdi. Terma jamoaning 9-raqamli futzalchisi finalda 2ta gol urish bilan birga penaltilar seriyasida ham mo'ljaldan adashmadi. Darvoqe 33 yoshli Abbasi 2024 yilgi Osiyo chempionatida ham "Eng yaxshi futzalchi" bo'lgandi.


Xayrulla Xoliqov

Reyting: +2   

Fikrlar

   
09 fev 11:34:08
Mahmud Ttww
Индонезия жамоаси жонини бериб ўйнади қойил, японлар мағлуб этиди, эрон пеналтидан зўрға ютди , бизнинг латталар эса ўзларидан юлдуз ясаб олган мураббий бош қолганлари ёнбош бўлган жамоа эди. Бу врзандалар ким томонидан танланган, ишонинг хозир бизда ярқ этиб чиққан ёшлвр ҳам кўринмайди, шунинг учун барибир бразилияликлардан маҳаллийлаштирмаса бўлмайди, чунки рақобвтбврдош ўйинчиларимиз етишмайди, ўйинни ўзига оладиган масъулиятли ўйинчимиз йўқ, бврчаси оғир карвон. Индонезияда бош мураббий иши кўринди, ўйинчилар шижоатига қойил қолдим.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика