"Real" himoyachisi yana jarohat oldi va "Manchester Siti"ga qarshi javob o'yinini o'tkazib yuboradi
13 mar 19:03
Yangiliklar
"Real" himoyachisi yana jarohat oldi va "Manchester Siti"ga qarshi javob o'yinini o'tkazib yuboradi
"Diario AS" malumotlariga ko'ra, "Manchester Siti"ga qarshi o'yinda shoshilinch almashtirilganidan so'ng himoyachi dastlabki tibbiy tekshiruvdan o'tdi va unda o'ng oyoq orqa mushagi jarohati aniqlandi. Yakuniy xulosa esa faqat MRT tekshiruvidan keyin chiqariladi, chunki shifokorlar aniq tashxis qo'yish uchun avval shish kamayishini kutmoqda.

Rasmiy bayonot hali berilmagan bo'lsa-da, francuz futbolchisining Manchesterda bo'lib o'tadigan ikkinchi o'yinda ishtirok etishi imkonsiz deb baholanmoqda.
"Real" murabbiylar shtabi himoyaning chap qanotida o'zgarish qilishga to'g'ri kelishini qabul qildi va bu poziciyadagi asosiy masuliyat ehtimol yosh Niko Karreras zimmasiga tushadi.
Aytish joizki, bu mavsumda Mendi atigi 5 o'yinda ishtirok etdi va mavsumning katta qismini jarohat sabab maydondan tashqarida o'tkazdi.
"Manchester Siti" – "Real" uchrashuvi 17 martdan 18 martga o'tar kechasi 01:00 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди
Суперлига. "Нефтчи" "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Искандеров ўйинни ҳал қилди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Fikrlar