So’nggi yangiliklar

13:36"Интер" Саудия Арабистонидаги ўйинчига кўз тикди  0 12:48Суперлиганинг 3-туридаги ҳакамлик таҳлили: "Пахтакор" – "Навбаҳор" ва "Насаф" – "Динамо" ўйинларидаги хатолар ҳамда баҳсли қарорлар  12 12:17Мауро Бразил — Суперлигада дебют қилган илк уругвайлик футболчи  4 11:52Эндрик "Реал"даги келажаги ҳақида қарор қабул қилди  12 11:15"Интер" "Рома" юлдузини трансфер қилмоқчи  1 10:40Расмус Хойлунднинг "Наполи"даги келажаги маълум  1 10:12Спалеттининг "Ювентус"даги келажаги маълум  0 09:43"Ливерпуль" "Реал"дан икки ўйинчини 120 миллион еврога сотиб олиши мумкин — TEAMtalk   11 09:15Моддий манфат йўлида EЧЛ 25 йиллик ҳамкорликдан сўнг "Adidas" билан шартномани узайтирмоқчи эмас  2 08:46"Агар очколарни йўқотсак, ҳамма нарса тугайди". Гвардиола — "Вест Хэм"га қарши ўйин ҳақида  3 08:20Португалия терма жамоасининг жаҳон чемпионати учун меҳмон либослари суратлари пайдо бўлди  3 07:52Осиё кубоги. Бугун аёллар терма жамоамиз ЖЧ йўлланмасини қўлга киритишлари мумкин  8 05:53Ироқ чемпионати. Темировнинг бенефисига айланиб кетган баҳсда "Арбил" навбатдаги ғалабасини қўлга киритди  11 01:214 йўқотиш ҳақида Тудор: "Бунинг учун ҳам йиғлаш, ҳам курашиш керак"  5 00:57Каррагер МЮ учун мос мураббий номини айтди  6

Futzal klublari uchun xushxabar: OFK to'xtab qolgan musobaqani qayta tiklash rejasini tuzyapti Yangiliklar

Futzal klublari uchun xushxabar: OFK to'xtab qolgan musobaqani qayta tiklash rejasini tuzyapti

Teglar :  FutzalOFK
Futzal bo'yicha klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati 2019 yildan so'ng to'xtab qolgandi.

Bu musobaqani ko'pchilik futzal bo'yicha chempionlar Ligasi yoki OFK futzal chempionlar Ligasi ham deb ataydi. O'z mamlakatining chempionlari ishtirok etadigan ushbu nufuzli turnir mana etti yildirki o'tkazilmasdan kelmoqda. Lekin yaqinda OFK 2027 yildan futzal bo'yicha klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatini qayta tiklashi haqida xushxabar tarqaldi.

Bu qanday musobaqa?

Aytib o'tganimizdek, bunda futzal klublari ishtirok etadi va har yil o'tkazib kelinadi. 2019 yil oxirgi musobaqa Tailand poytaxti Bangkokda tashkil qilindi va shundan so'ng 2020 yil butun dunyoni "zabt etgan" COVID tufayli to'xtab qoldi. Shundan beri umuman o'tkazilmayapti.

Futzal bo'yicha klublar chempionlar Ligasida o'z mamlakatining chempionlari ishtirok etadi va bu turnir markazlashgan tartibda bitta davlatda, qisqa muddat oralig'ida bo'lib o'tadi. Musobaqaning amaldagi chempioni - Yaponiya futzal klubi "Nagoyya Oshinz".

Musobaqa tarixi

Dastlabki musobaqa Osiyo futzal Kubogi nomi bilan  2006 yil o'tkazilgan bo'lib, Eron mezbonlik qilgan klublar o'rtasidagi ilk turnirda 6ta jamoa ishtirok etgandi. Bu jamoalar orasida Toshkentning "Ardus" futzal klubi ham bo'lganini yoshi katta muxlislar yaxshi eslaydi. O'shanda finalga qadar borib, hal qiluvchi bahsda Eronning "Shensa Saveh" klubiga 1:5 hisobida imkoniyatni boy bergan "arduschilar" safida Farrux Faxrutdinov yagona gol muallifi bo'lgandi.

Musobaqa orada bir muddat to'xtab qoladi va 2010 yildan boshlab yana qayta tiklanadi. Shundan so'ng qatorasiga 10 marta o'tkazildi. Quyida futzal bo'yicha klublar Osiyo chempionatiga mezbonlik qilgan mamlakatlar hamda barcha finallarni keltirib o'tamiz.

2006. Saveh, Eron

Final. "Shensa Saveh" (Eron) - "Ardus" (O'zbekiston) 5:1


2010. Isfahon, Eron

Final. "Fulad Mahan" (Eron) - "Al Sadd" (Qatar) 5:2


2011. Doha, Qatar

Final. "Nagoyya Oshinz" (Yaponiya) - "Shahid Mansuri" (Eron) 3:2


2012. Kuvayt, Quvayt

Final. "Giti Pasand" (Eron) - "Ardus" (O'zbekiston) 2:1


2013. Nagoyya, Yaponiya

Final. "Chonburi" (Tailand) - "Giti Pasand" (Eron) 1:1 (penaltilar 4:1)


2014. Chengdu, Xitoy

Final. "Nagoyya Oshinz" (Yaponiya) - "Chonburi" (Tailand) 5:4


2015. Isfahon, Eron

Final. "Tasisat Daryayi" (Eron) - "Al Qadsiya" (Quvayt) 5:4


2016. Bangkok, Tailand

Final. "Nagoyya Oshinz" (Yaponiya) - "Naft Al Vasat" (Iroq) 4:4 (penaltilar 6:5)


2017. Xoshimin, Vetnam

Final. "Chonburi" (Tailand) - "Giti Pasand" (Eron) 3:2


2018. Yogyakarta, Indoneziya

Final. "Mes Sungun" (Eron) - "Tay Son Nam" (Vetnam) 4:2


2019. Bangkok, Tailand

Final. "Nagoyya Oshinz" (Yaponiya) - "Mes Sungun" (Eron) 2:0

O'zbekiston klublari ishtiroki

Futzal bo'yicha klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatining har birida O'zbekiston futzal klubi ishtirok etgan. Shu paytgacha 11ta musobaqa o'tkazilgan bo'lsa, "Ardus" va OKMK to'rt martadan, "Lokomotiv" ikki marta hamda "Stroitel Zarafshon" bir marta mazkur turnirda qatnashgan.

2006 yil. "Ardus"

Natijasi: Final, Eronning "Shensa Saveh" klubiga imkoniyatni boy bergan.

2010 yil. "Stroitel Zarafshon"

Natijasi: Guruh bosqichi, 0 ochko.

2011 yil. "Ardus"

Natijasi: Guruh bosqichi, 1 ochko.

2012 yil. "Ardus"

Natijasi: Final, Eronning "Giti Pasand" klubiga imkoniyatni boy bergan.

2013 yil. "Ardus"

Natijasi: Guruh bosqichi, 1 ochko.

2014 yil. "Lokomotiv"

Natijasi: Guruh bosqichi, 3 ochko.

2015 yil. "Lokomotiv"

Natijasi: Guruh bosqichi, 0 ochko.

2016 yil. OKMK

Natijasi: 1/4 final, Tailandning "Chonburi" klubiga imkoniyatni boy bergan.

2017 yil. OKMK

Natijasi: Guruh bosqichi, 0 ochko.

2018 yil. OKMK

Natijasi: Guruh bosqichi, 0 ochko.

2019 yil. OKMK

Natijasi: 3-o'rin uchun bahs, Vetnamning "Tay Son Nam" klubiga imkoniyatni boy bergan.

Oxirgi musobaqa

Aytib o'tganimizdek, futzal bo'yicha klublar Osiyo chempionlar Ligasi so'nggi bor 2019 yil o'tkazilib, bunda 16ta jamoa ishtirok etdi. Turnir 7-17 avgust oralig'ida 10 kun ichida o'tkazilgan. Barcha o'yinlar 12 ming muxlisni o'z bag'riga sig'diradigan "Bangkok Arena"da bo'lib o'tganini ham eslab o'tish joiz.

Oxirgi musobaqada OKMK futzal klubi hartugul yaxshi ishtirok etgani ko'pchilikning yodida. Guruh o'yinlarini ko'tarinki kayfiyatda o'tkazgan olmaliqliklar chorak finalda Tailandning "Port FK" klubini 4:3 hisobida mag'lub etishadi. Biroq yarim finalda Eronning "Mes Sungun" jamoasiga 3:7 hisobida imkoniyat boy beriladi. Natijada 3-o'rin uchun bahsda Vetnamning "Tay Son Nam" klubiga qarshi bahs olib borgan Aleksandr Petrov shogirdlari bu o'yinda ham mag'lubiyatga uchrashgan.

O'zbekiston mezbonlik qilishi mumkinmi?

OFK 2027 yildan klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatini yana yo'lga qo'yish rejasini tuzyapti. Hozircha navbatdagi musobaqa bo'lib o'tadigan sana, joy va nechta jamoa ishtirok etishi malum qilinmagan. Katta ehtimol bilan yana 16ta jamoalik format yo'lga qo'yilsa kerak.

Mezbonlik masalasida O'zbekiston bemalol ariza topshira oladi. Hartugul Jahon chempionatini o'tkazdik, klublar o'rtasidagi turnirni ham bemalol qabul qila olamiz. Faqat hamma gap O'FFning qanday yo'l tutishida.


X.Xoliqov

Reyting: +6   

Fikrlar

   
14 fev 14:35:52
Bohodir Solihov
Имя Фамилия foydalanuvchining fikriga javob berish
Бизада чемаион , четла писта чакади
Бразилияликлар билан Эронни ҳам қийнайди
   
14 fev 10:36:07
Имя Фамилия
Bohodir Solihov foydalanuvchining fikriga javob berish
БМБ чемпион бўлиши мумкин
Бизада чемаион , четла писта чакади
   
14 fev 08:24:10
AGMK UZB vs M.YU
Zo'r musobaqa. Turnir mezbonligi uchun hamma sharoitlar mavjud. Olg'a O'zbekiston.
   
14 fev 08:07:02
Bohodir Solihov
БМБ чемпион бўлиши мумкин
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика