So’nggi yangiliklar

22:30Майкл Оуэн АПЛнинг энг яхши жамоаси номини айтди  0 22:09Лиам Росеньор: "Челси"да ҳали имкониятлар бор. ЕЧЛда 3 гол фарқидан чиқиб кетиш ҳолатлари кўп бўлган"  2 21:48Пеп Гвардиола: "Доимо "Манчестер Сити"нинг яхши бўлишини истайман"  1 21:33Ўзбекистон U-17 термаси "Оқтепа"ни мағлуб этди  0 21:10Майкл Кэррик: "Скоулзнинг танқидига эътибор бермадим"  1 20:55Эшитдик-да: Суперлигадаги биринчи истеъфо маълум  8 20:41"Пахтакор"дан ҳайдалган бразилиялик ва португалияликлар ҳозир қаерда? Педру Морейра қарийб бир йилдан бери клубсиз  0 20:20Netflix Роналдиньо ҳақида ҳужжатли фильм чиқаради  1 19:58ЎФА раҳбарияти Янги Тошкент стадиони қурилиш жараёни билан танишди  10 19:31Ҳужумчи қишки трансфер барбод бўлганидан норози ва ёзда МЮни тарк этмоқчи  0 19:03"Реал" ҳимоячиси яна жароҳат олди ва "Манчестер Сити"га қарши жавоб ўйинини ўтказиб юборади  4 18:35Дембеленинг агенти "Манчестер Сити" билан музокаралар ўтказди  1 18:07Роналду Португалия бош мураббийлигига ўзига яхши таниш номзодни таклиф қилди  5 17:40Ўзбекистон Суперкубоги баҳсини Тўхтасинов бошқаради  16 17:15Гвардиола — АПЛда февраль ойининг энг яхши мураббийи  1

"Paxtakor"dan haydalgan braziliyalik va portugaliyaliklar hozir qaerda? Pedru Moreyra qariyb bir yildan beri klubsiz Yangiliklar

"Paxtakor"dan haydalgan braziliyalik va portugaliyaliklar hozir qaerda? Pedru Moreyra qariyb bir yildan beri klubsiz

2024 yilning dekabr oyida "Paxtakor" 2025 yilgi mavsumda jamoani portugaliyalik mutaxassis Pedru Moreyra boshqarishini elon qilgan edi. Matbuot anjumanida murabbiy "shu erda va hoziroq" natija berishga tayyorligini takidlagandi.

Moreyra o'zi bilan birgalikda katta murabbiylar shtabini, shuningdek, portugal tilida so'zlashuvchi bir qator legionerlarni olib keldi. Biroq u kutilgan natijani bera olmadi: avvaliga uni "sog'lig'i tufayli" tatilga jo'natishdi, ko'p o'tmay esa istefoga chiqarildi. Portugaliyalik shtab "Paxtakor"da 14 ta o'yin o'tkazdi va g'alaba hamda mag'lubiyatlar ko'rsatkichi mutlaqo teng bo'ldi — 7 tadan, birorta ham durang qayd etilmadi. Urilgan va o'tkazib yuborilgan to'plar nisbati esa ijobiy edi — 27:17.

Xo'sh, o'tgan mavsum starti arafasida "Paxtakor"ga kelgan Pedru Moreyra, uning yordamchilari va portugalzabon legionerlar hozir qaerda?

Pedru Moreyra (bosh murabbiy) 
50 yoshli mutaxassis "Paxtakor"dan ketganidan so'ng klubsiz qolmoqda. May oyida Moreyraning ishsiz yurganiga bir yil to'ladi. Hozirda u nima bilan band ekanligi nomalum. Kecha ishsiz Moreyra UEFA Evropa Ligasi doirasida Paulu Fonseka boshqaruvidagi "Lion" o'yiniga tashrif buyurdi. Malumot uchun, Pedru 2012-2021 yillarda Fonsekaning murabbiylar shtabida ("Pasush de Ferreyra", "Portu", "Braga", "Shaxtyor" va "Roma"da) faoliyat yuritgan.

Rikardo Vaskonselos (assistent)
Moreyraning yordamchilaridan biri Rikardo Vaskonselos "Paxtakor"dan so'ng Ruminiyaga yo'l oldi. U erda videotahlilchi bo'lib ishlamoqda. "Paxtakor"ni tark etgach, u yarim yil davomida ishsiz yurgan edi.

Marko Leyte (assistent)
Marko Leyte muxlislar xotirasida, birinchi navbatda, kiyim tanlashdagi g'ayrioddiy uslubi bilan qoldi. Hatto qish qahratonida ham (masalan, "Al-Hilol"ga qarshi o'yinda) u mashg'ulot shalvari o'rniga shortikda yurardi. Vaskonselos singari Leyte ham yarim yil ishsiz qoldi. Hozirda Marko Portugaliya ikkinchi divizioni vakili "Maritimu" klubida bosh murabbiy assistenti bo'lib ishlamoqda. Etiborlisi, jamoani Leonardu Jardimning "Olimpiakos", "Sporting", "Monako", "Al-Hilol", "Shabab Al-Ahli" va "Al-Rayyan"dagi sobiq yordamchisi Migel Moyta boshqarmoqda.

Joze Borxes (assistent)
Moreyraning yana bir yordamchisi Joze Borxes etarlicha tez — ikki oy ichida ish topdi. Ayni damda u Saudiya Arabistonining "Al-Hazem" klubi yoshlar jamoasi ustozi sanaladi.

Migel Soaresh (jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy)
Migel Soareshga ham yangi ish topish uchun ikki oy kifoya qildi. "Paxtakor"ning jismoniy tayyorgarlik bo'yicha sobiq murabbiyi hozirda Armaniston chempionatida peshqadamlik qilayotgan "Ararat-Armeniya"da mehnat qilmoqda. Qizig'i shundaki, jamoani portugaliyalik mutaxassis Tulipa boshqarmoqda, klub investorlari ham Portugaliyadan.

Nunu Enrikes (fizioterapevt)
"Paxtakor"ning sobiq fizioterapevti Nunu Enrikes o'z vataniga qaytgan va Portugaliya yuqori divizioni vakili "Alverka" klubida ishlamoqda. Uning yangi ish topishi uchun bor-yo'g'i ikki oy vaqt ketdi.

Brunu Lopesh ("Paxtakor" U-21 bosh murabbiyi)
Moreyraning kelishi bilan "Paxtakor" yoshlar jamoasi tizgini ham boshqa bir portugaliyalikka — Brunu Lopeshga topshirilgan edi. U 2025 yilgi mavsum oxirigacha ishlab, jamoani chempionlikka qadar etakladi. Ayni damda u klubsiz qolmoqda.

Jonatan Luis (darvozabon)
2025 yilning may oyida Moreyra ketganidan so'ng, braziliyalik posbon asosiy tarkibda faqat bitta o'yin o'tkazdi. Yakunda u raqobatda Vladimir Nazarovga imkoniyatni boy berdi. Vaqt shuni ko'rsatdiki, Nazarov Jonatandan kamida kuchsiz emas, o'yinning ayrim jihatlarida esa hatto kuchliroqdir. Braziliyalik darvozabon bir necha bor qo'pol xatolarga yo'l qo'ydi (masalan, "So'g'diyona" va "Dinamo"ga qarshi o'yinlarda). Umumiy hisobda Luis 13 ta o'yinda maydonga tushib, 18 ta to'p o'tkazib yubordi va faqat uch marta "quruq" o'yin o'tkazdi. Jonatan 2025 yilgi mavsumning oxirini "Paxtakor" yoshlar jamoasida yakunladi. Hozirda 34 yoshli golkiper Braziliya V Seriyasining "Atletik" klubi sharafini himoya qilmoqda.

Jonatan Lukka (yarim himoyachi)
Braziliyalik yarim himoyachi maydon markazini kuchaytirishi kutilgandi. Biroq Jonatan juda sekin harakat qilar, ko'pincha yakkakurashlarga o'z vaqtida kirisha olmas va asosan orqaga hamda ko'ndalangiga o'ynab, hujumlarni "tormozlardi". Lukka "Paxtakor" safida 13 ta o'yin o'tkazgach, tizzasidan jarohat oldi. Yozgi transfer oynasi vaqtida u bilan shartnoma bekor qilindi va shu kungacha u jamoasiz yuribdi.

Brayan Riaskos (hujumchi)
Riaskos kolumbiyalik bo'lsa-da, Portugaliyada o'ynagan va portugal tilida yaxshi gaplashardi. Brayan, birinchi navbatda, Elit Chempionlar Ligasidagi yorqin o'yinlari ("Al-Sadd" darvozasiga dubl, "Al-Hilol" bilan o'yinda assist) bilan yodda qoldi. Bundan tashqari, Riaskos O'zbekiston Kubogining 1/8 finali doirasidagi "Olimpik-Mobiuz"ga qarshi eng og'ir o'yinni (2:1) "tortib chiqqandi": u dubl qayd etdi, shu jumladan, g'alaba keltiruvchi golni o'yin tugashiga 10 daqiqa qolganda kiritdi. Umuman olganda, kolumbiyalik hujumchi yaxshi sermahsullik ko'rsatdi — 31 ta o'yinda "gol+pas" tizimi bo'yicha 10+5. Biroq mavsum o'rtalariga kelib u asosiy tarkibdan butunlay tushib qoldi va ko'pincha zaxiradan maydonga tushdi. Yakunda u Superliga to'purariga aylangan Igor Sergeevga raqobatda yutqazdi. Yanvar oyida Riaskos Iroqning "Al-Zavra" klubiga o'tdi va 7 ta o'yinda 5 ta gol urishga ulgurdi, jumladan, OFK Chempionlar Ligasi-2 doirasida "Al-Vasl" darvozasiga ikkita to'p kiritdi.

Flamarion (hujumchi)
Flamarion — portugalzabonlar orasida Pedru Moreyra davridan beri "Paxtakor"da qolgan yagona futbolchi. Gruziya fuqaroligiga ham ega bo'lgan braziliyalikka (Batumining "Dinamo"sidagi ko'p yillik faoliyatidan so'ng) "Paxtakor"da jarohatlar pand bermoqda. Va albatta, raqobat ham o'z so'zini aytyapti — jamoada hujum chizig'i uchun o'yinchilar tanlovi juda katta. Joriy mavsumda Flamarion maydonda bor-yo'g'i 44 daqiqa harakat qildi va ikki marta zaxiradan o'yinga qo'shildi xolos. Umumiy hisobda u "Paxtakor" safida 30 ta o'yin o'tkazib, 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Yomon statistika emas, lekin u hozircha jamoaning asosiy futbolchisiga aylana olmadi.


Nikolay Egorichev

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика