PSJ Pogba bilan shartnoma imzolamaydi. Sababi malum
31 may 2022 22:25
Yangiliklar
PSJ Pogba bilan shartnoma imzolamaydi. Sababi malum
L’Équipe xabariga ko'ra, PSJ shu yozda "Manchester Yunayted"dan erkin agent sifatida ketadigan franciyalik yarim himoyachi Pol Pogbani sotib olish fikridan qaytgan, chunki futbolchini olib kelishni istagan sport direktori Leonardo klubni tark etgan. Pol bilan kelishuv tuzish tez orada PSJning yangi sport direktori bo'ladigan Luish Kampushning rejalarida yo'q.
Franciyalik yarim himoyachi katta ehimol bilan "Yuventus"ga o'tadi. Uning yangi agenti Rafaela Pimenta allaqachon “Yuventus” rahbariyati bilan uchrashgan. Har ikki tomon hamkorlikdan manfaatdor ekanligini bildirgan, biroq muzokaralar hali ilg'or bosqichga chiqmagan.
Pol Pogba yakuniga etgan mavsumda "Manchester Yunayted" safida 27 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 9 ta golga assistentlik qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar