So’nggi yangiliklar

15:49Жозе Моуринью: "Илгари кўпроқ пул топгани энг яхши мураббий деб ҳисобланарди, энди эса – энг яхши образга эга бўлган. Бугун энг муҳими – юқори даражали пиарга эга бўлиш"  2 15:31Иванович ва Швайнштайгер тўққиз йиллик турмушдан сўнг ажрашишди  1 15:13Артета АПЛдаги рақобат ҳақида: "Лигада биздан бошқа яна 6-8 та клуб соврин учун бемалол кураша олади"  0 14:54Ўзбекистон U-23 - Саудия Арабистони U-23. Энг яхши уч футболчи ким бўлди?  1 14:26Исак унга бўлган қизиқишлар фонида "Ньюкасл"даги йиллик маошини сезиларли даражада ошириб олмоқчи, аммо...  2 14:00Снейдер Моуринью ҳақида: "2010 йилда Жозе бизни ҳар кимни мағлуб этишимиз мумкинлигига ишонтирган"  2 13:24ФОТОГАЛЕРЕЯ. Ўзбекистон U-23 – Саудия Арабистони U-23 3:1  0 13:23"Like Cup" якунланди: "Ал Бадр" - чемпион!   5 13:08Ўтган мавсум 1 та гол урган АПЛ футболчиси Шомуродов ўрнига "Рома" ҳужумчисига айланди  10 12:46Снейдер "Олтин тўп" ҳар доим ҳам муносибларга насиб этмайди деб ҳисоблайди  25 12:19"Бенфика" ўзи учун рекорд сумма - 27 млн. еврога футболчи сотиб олди  3 12:00"Тоттенхэм" "Реал" вингерини сотиб олмоқчи  0 11:37Мажед Абдуллаҳ: "Биз учун яхши тажриба бўлди"  2 11:12Мбаппе янги мавсумда янги рақамда ҳаракат қилади  6 10:45МЮ тўрт нафар футболчини машғулотлардан четлатди  13

PRO-liganing hamma klubida matbuot kotibi bor-mi? Yangiliklar

PRO-liganing hamma klubida matbuot kotibi bor-mi?

Mamlakatimizda Prezidentimiz rahnomaligida sportimiz, xususan, futbolimizning rivoji yo'lida izchil islohotlar amalga oshirilayotir.

Bu borada hukumatimiz tomonidan qabul qilingan qator qarorlar dasturilamal vazifasini o'tayapti.

CHunonchi, O'FA va PFL tomonidan respublikamizda o'tkazilayotgan musobaqalarning nufuzini yuksaltirish, bolalar va yoshlar futbolini   yanada  ommaviylashtirish  maqsadida olib borilayotgan say-harakatlar samarasini ko'rsata boshladi. Buni Superliga uchrashuvlarining saviyasi nisbatan oshganligida, muxlislarning stadionga tashrifi ham sezilarli ko'payganligida ko'rish mumkin. Hakamlarning  oldiga qo'yilayotgan talablar, buning barobarida, qo'pol xatoga yo'l qo'ygan hakamlarga ko'rilayotgan  choralar ham uchrashuvlarning keskin va qiziqarli o'tishini taminladi.

Klublar  zimmasiga matbuot xizmati faoliyatini yaxshilash vazifasi yuklatilgani ham foydadan holi bo'lmadi. Buning natijasida, Superliga matbuot xizmati xodimlari  jamoasidagi yangiliklar va o'zgarishlarni  ommaviy axborot vositalari orqali ishqibozlarga etkazishda faollik ko'rsatishdi. Bu bilan o'zlarini jamoa va muxlislarni yaqinlashtiruvchi asosiy omillardan biri ekanligini isbotlashdi.  Quvonarlisi, ularning xizmatlari ham beetibor qolmadi. AGMK jamoasi O'zbekiston kubogini qo'lga kiritganida, klubning barcha xodimlari qatorida matbuot kotibi Baxtiyor SHirinovning ham engil avtomobil bilan taqdirlangani milliy futbolimiz jurnalistikasi tarixida yangi sahifani ochib berdi. O'z navbatida bu klublar rahbarlari tomonidan matbuot xizmati vakillariga etibor o'zgarganini, ularning mehnati qadrlana boshlaganini bildiradi. Ochig'i, bunaqa  etirof hali futbolimizda bo'lmagandi. 

Binobarin, o'tgan yildan musobaqa Reglamentiga ko'ra PRO-liga klublarida ham matbuot kotiblari lavozimini  joriy etish majburiyligi belgilab qo'yildi. SHunga qaramay, oldingi mavsumda liganing bir nechta klubining  matbuot kotiblari munosib faoliyat yuritishdi. Buni tan olmay iloj yo'q. Bu fidoyi insonlar birinchilik mobaynida futbolchilar bilan qilgan qiziqarli suhbatlari, tezkor xabarlari va uchrashuv sharhlari bilan ishqibozlari mehrini qozonishdi. Bu mubolag'a emas, albatta.

Biroq... Bizning nazdimizda o'tgan yili musobaqa Reglamentining tegishli bandi PRO-liganing hamma klubida ham ko'ngildagidek bajarilmadi. Ularda matbuot kotibi bormi, yo'qmi bilib bo'lmadi. Kuzatishlar shuni ko'rsatdiki, ayrim klubning matbuot xizmati  futbol  va sportga oid gazetalar u yoqda tursin, hatto internet saytlarida ham bironta xabar yoxud uchrashuv sharhi bilan chiqishmadi. Faqat, bazi internet saytlari jurnalistlarining o'zlari  izlanib, klublarning yangiliklarini  imkon darajasida yoritib turishdi. Beixtiyor, shu erda savol tug'iladi. Axir, matbuot kotibining vazifasi nimadan iborat, o'zi?  Jamoasining  targ'ibotiga kim masul?  Bundan kelib chiqadiki, ayrim klublarda faoliyat yuritayotgan (agarda u bo'lsa) matbuot kotibi o'z vazifasiga befarq, yoki sohani unchalik ham tushunmaydi.

Mana, 2019 yilning dastlabki oyi poyoniga etib, qishning oxirgi oyi ham boshlandi. Hademay yangi futbol mavsumi  kirib keladi. Hozirdanoq ommaviy axborot vositalarida Superliga klublarining tayyorgarligi haqidagi turfa malumotlar bilan tanishyapmiz. Buning uchun ushbu klublar matbuot xizmati xodimlariga minnatdorlik bildiramiz.
Ayni damda, PRO-ligadagi bir nechta  klub  matbuot kotibigina jamoasidagi  o'zgarish  va yangiliklarni muxlislari bilan baham ko'ryapti, bu bilan o'z ishiga sodiqligini isbotlashyapti. Nimagadir, boshqa jamoalardan na darak bor, na ikki qator xabar. Afsuski, buning natijasida  ishqibozlari sevimli jamoalarining bugungi holatidan bexabar qolishayotir, nafaqat ular futbolimiz ommasi ham.

Balkim, bugungi kunda  mazkur klublarda matbuot xodimi umuman yo'qdir, balkim ularni faqat futbol mavsumi payti, yani bir necha oyga ishga olishayotgandir. Agar shunday bo'lsa, bu Reglamentga zid emasmi?  Klub rahbarining bundan ko'zlagan maqsadi nima, arzimagan mablag'ni tejashmi? Aslida, klublar mutassaddilari  PFL tomonidan olib borilayotgan islohotlarni qo'llab-quvvatlashi, musobaqa Reglamentini so'zsiz bajarishlari,  buning barobarida, O'zbekiston chempionati va birinchiligimizni nufuzini oshirishga, o'z jamoasining obro'yini yuksaltirishga xizmat qilishi lozimdir!

Bir necha kun avval Professional Futbol Ligasining Superliga va PRO-liga klublarining marketing bo'limi va muxlislar bilan ishlash bo'limi xodimlari uchun seminari tashkil etildi. Unda 2019 yilgi mavsum uchrashuvlarini yuksak saviyada uyushtirish, futbol ishqibozlarini stadionlarga ko'proq jalb qilish masalalari muhokama qilindi. Albatta, o'sha yig'ilishda klublarning matbuot kotiblari haqida, ularning vazifalari xususida to'xtalinsa, bu borada klublar oldiga tegishli talablar qo'yilsa ayni muddao bo'lardi. Vaholanki, stadionga tashrif buyuradigan muxlislar sonining oshishida matbuot xizmati vakillarining ham o'rni beqiyosligini zinhor unutmaslik kerak edi. Zero, ularning keng qamrovli targ'ibot ishlari bu borada muhim ahamiyat kasb etadi.

Fikr-mulohazalarimizdan kelib chiqib, PFLga quyidagi takliflarni bildirishni joiz deb bilamiz:
1.Bugungi kunda PRO-liga klublarida matbuot kotibi shtatining mavjudligini o'rganish;
2.Klublarda matbuot kotibining faoliyat yuritishi uchun etarli shart-sharoit  va imkoniyatlar yaratilganligini ko'rib chiqish;
3.Matbuot kotibi   faoliyatini monitoring qilib borish;
4.Har chorak(imkoni bo'lmasa, birinchilik boshlanishi arafasida va davralar oralig'idagi tanaffus payti)da PFL tomonidan Superliga va PRO-liga matbuot kotiblari uchun o'zaro tajriba almashish  maqsadida o'quv seminarlari tashkil etish;
5.Uchrashuvlar  uchun chiqariladigan dasturlar   bo'yicha  PFL tomonidan “Yilning eng yaxshi dasturi”, shuningdek, “Eng yaxshi matbuot xizmati”  tanlovlarini yo'lga qo'yish;
6.Matbuot kotibining ish yuritishi uchun tegishli sharoit yaratib bermagan yoki musobaqa Reglamentining tegishli bandini bajarishga etiborsiz bo'lgan klub mutassaddisini ogohlantirish maqsadga muvofiq sanaladi.

Ishonchimiz komilki, yuqorida bildirilgan taklif va mulohazalarimiz milliy futbolimiz rivoji, asosan, quyi liga musobaqalarining nufuzini oshirishga xizmat qiladi. Zero, futbol – bu xalq o'yinidir!  

Ikrom  XUDOYBERGANOV.

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика