PSJ "Real" yarim himoyachisini xarid qilmoqchi
21 iyu 17:36
Yangiliklar
PSJ "Real" yarim himoyachisini xarid qilmoqchi
PSJ rahbariyati ushbu yozgi transfer oynasida "Real" yarim himoyachisi Eduardo Kamavingani qo'lga kiritishga harakat qiladi.
"Marca" xabariga ko'ra, parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrike 22 yoshli franciyalik futbolchi bilan shartnoma imzolashni talab qilmoqda.
Uning fikricha, Kamavinga PSJ yarim himoyasini kuchaytira oladi.

Eslatib o'tamiz, "Real" so'nggi paytlarda jarohati tufayli juda ko'p o'yinlarni o'tkazib yubora boshlagan futbolchini sotishga qarshi emas. Ayni damda ekspertlar franciyalik futbolchining transfer qiymatini 60 million evroga baholamoqda.
Eslatib o'tamiz, Eduardo Kamavinga o'tgan mavsum "qaymoqranglilar" tarkibida Ispaniya chempionatida 19 o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta golli pasga mualliflik qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar