Alkanatara "Barselona" murabbiylar shtabiga qaytmoqda
18 iyu 17:59
Yangiliklar


Alkanatara "Barselona" murabbiylar shtabiga qaytmoqda
"Barselona" sobiq yarim himoyachisi Tyago Alkantara bosh murabbiy Xansi Flikning shtabiga qaytishi mumkin.
Alkantara Kataloniya klubidagi bir necha hafta mobaynida Flik shtabining bir qismi bo'lib, "Barselona" futbolchilarini germaniyalik murabbiyning taktik falsafasi bilan tanishtirishda muhim rol o'ynagandi.
ESPN Tyagoning "Barselona"ga qaytishi mumkinligi haqidagi optimistik hisobotni chop etdi. "Ko'k-anorranglilar" moliyaviy feyr-pley bilan bog'liq bazi moliyaviy cheklovlar olib tashlanganidan so'ng Tyagoning qaytishiga umid bog'lagan.
Xabarlarga ko'ra, Alkantaraning vazifasi yosh futbolchilarga Flik falsafasiga moslashishga yordam berish, shuningdek, jamoa va murabbiylar shtabi o'rtasida muhim ko'prik vazifasini o'tashdan iborat bo'ladi.
Tyago Flik bilan iliq munosabatlariga ega va uning qo'l ostida "Bavariya"da o'ynagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar