So’nggi yangiliklar

21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  0 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  3 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  0 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  0 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  4 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3 18:28Гвардиола дарвозага янги посбон изламоқда. Португалия терма жамоаси аъзоси – номзодлардан бири  0 18:00"Барселона" Рэшфордни ўз таркибига қўшиб, таваккал қилди. Маркус бу трансфер амалга ошиши учун 10 миллиондан воз кечди  2 17:46"Навбаҳор" 7 кун ичида ФИФА тақиқидан қутулиши, собиқ футболчилари олдидаги қарзларини тўлаб бериши лозим — ПФЛ  20 17:36ПСЖ "Реал" ярим ҳимоячисини харид қилмоқчи  3 17:07"Машъал" легионери билан хайрлашди  1 16:39Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК семинарида қатнашмоқда  0 16:11"Пахтакор" Файзуллаевнинг трансфери ортидан қанча ишлаб олиши маълум  24 15:48"Арсенал" янги меҳмон либосини тақдим этди  2

"Barselona" Reshfordni o'z tarkibiga qo'shib, tavakkal qildi. Markus bu transfer amalga oshishi uchun 10 milliondan voz kechdi Yangiliklar

"Barselona" Reshfordni o'z tarkibiga qo'shib, tavakkal qildi. Markus bu transfer amalga oshishi uchun 10 milliondan voz kechdi

Markus Lineker tajribasini takrorlamoqchi.

"Barselona"dagi navbatdagi ingliz.


Inglizlarga kerak bo'lmay qolgan angliyalik

Markus "Manchester Yunayted"ga kerak bo'lmay qoldi, sababi hammasi etmagandek unga haftasiga 375 ming evro maosh beriladi. Buyuk klubda hozirgi davrda hattoki qog'ozga sarflanayotgan pul ham tejalmoqda. OAV vakillari bilan suhbatda klub xodimlaridan biri hazil tariqasida hozirda "Manchester Yunayted" qarorgohiga klub byudjetidagi pulga sotib olingan qog'oz konvertidan ko'ra, narkotik vositalarni olib kirib ketish osonroqligini aytgan. Reshford o'ziga xos obrazi uchun mablag' sarfladi. U muhtojlar va Angliyaning o'zidagi bolalar uchun bir nechta yirik xayriya ishlarini amalga oshirdi.

Keyin Reshfordning "daydishi" oqibatida barchasi esdan chiqdi. Ko'ngilhushliklar uni avvaliga "Aston Villa"ga ijaraga yo'l olishiga, keyinroq esa — qadrdon klubi tarkibidan chiqarib yuborilishiga sabab bo'ldi. Markus shu darajagacha bordiki, yozda hech bir klub uning shartnomasini sotib olishni istamadi. Qiyinchilik bilan "Barselona"ga ijara varianti hal etildi. Biroq bu transfer amalga oshishi uchun Reshford maoshi sezilarli tarzda qisqarishiga rozi bo'ldi: yiliga bonuslarsiz 19,4 mln evro o'rniga u Kataloniyada maksimum 10 mln evro ishlab topishi mumkin. Markus Yamal, Rafinya va Levandovski bilan birga to'p tepish uchun 10 million evrodan voz kechdi.

"Manchester Yunayted" bu vaziyatda 19,4 million evro tejab qoladi. Angliya terma jamoasi va "Barselona"ning sobiq forvardi Lineker o'z sahifasi rasmini o'zgartirib, u erga o'zi va Reshford aks etgan kollajni joylashtirdi. 

Avvalroq, "Chelsi" Markusning oshnasi Jeydon bilan shartnoma tuzgan, lekin keyinroq bosh murabbiyning qarori bilan uni tarkibga kiritmay qo'ygandi. Natijada, "aristokratlar" vinger bilan mojaro chiqarib, vaziyatni yomonlashtirgandan MYUga jarima puli to'lab qo'ya qolgan yaxshi deb topishdi. "Barselona" avvalroq "Atletik"dan Uilyamsni sotib olishi kerak edi, tomonlar barchasini kelishib ham qo'ygandek edi, ammo vingerni ro'yxatdan o'tkazish uchun pul topa olmagani tufayli barchasi barbod bo'ldi. "Barselona" darvoza chizig'iga Garsiyani olib keldi, keyingi masala hujum. Reshfordning ijarasi har qanaqasiga bahsli qaror. Markus "Aston Villa"da o'zini yaxshi tomondan ko'rsatishga harakat qilganiga qaramay, ayni damda uni — "Barselona" yoki avvalroq unga qiziqish bildirgan PSJ asosiy tarkibiga mos futbolchi deyish qiyin.


Flik o'zining pedagoglik iqtidoriga ishonadi

Flik o'zgacha xarakterli inson. U bir necha bor "Barselona" qarorgohidan chiqaverishda avtomobil yo'liga yaqin kelgan muxlislarga maruza o'qib bergan. Aslida, nemis haq: bolakaylar va o'smirlarni qarorgohdan sport avtomobillari "uchib chiqayotgan" vaqtda qarovsiz qoldirish noto'g'ri bo'ladi. Haydovchining bitta omadsiz harakati — va yo'q joydan fojia yuz beradi. Yaxshiki, futbolchilar ham darvozalar ortida muxlislar bo'lishini bilishadi va darhol gaz pedalini oxirgacha bosishmaydi. Biroq Flik shu narsaga ham etibor bergani, germaniyalik mutaxassisning atrofdagilar bilan umuman ishi yo'q, degan fikrni yo'qqa chiqaradi. 

Nemis kelganida Laporta Rafinyani umuman yoqtirmay qolgan va uni yo'qotish payiga tushgandi. Braziliyalikning xarakteri ham ancha og'ir, klub uning transferidan tushgan pullarni "Atletik"ga Uilyams uchun to'lamoqchi edi. Flik basklar bilan kelishuv oxiriga etmaganiga qaramay, braziliyalikni qo'yib yubormadi. Natijada, vaqt o'tib, vinger klub sardorlaridan biriga aylandi va faoliyatidagi eng yaxshi mavsumlardan birini o'tkazdi. Yozda Laporta baribir Uilyamsni jamoaga olib kelishni istadi. La Liga prezidenti Tebas "Barselona"ning bu transferga puli borligiga ishonmadi. Natijada, chindan Niko Kataloniyaga ko'chib o'tmadi.

Uilyams jonajon jamoasi bilan uzoq yillik yangi bitim imzoladi va "Barselona" hujum chizig'iga yangi o'yinchisiz qoldi. Levandovski ajoyib sport formasida. Robertning ayoli Anna sport sohasida oliy malumotga ega va aynan u turmush o'rtog'ining sport formasini yaxshi holatda bo'lishida katta rol o'ynamoqda. Ammo Levandovski yaqinda 37 yoshga to'ladi. U Suaresdan bor yo'g'i bir yarim yosh kichik, "Barselona"ning sobiq forvardi hozir qanday holatdaligini klublar o'rtasidagi jahon chempionati yaqqol ko'rsatib berdi. Levandovski tashqi ko'rinishidan juda yaxshi sport formasida, ammo uning mushaklari va bo'g'imlari xuddi Suaresnikidek yosh emas.

Robert "Barselona"dagi yosh hamkasblari bilan yaxshi chiqisha oldi, lekin unga ham o'rinbosar kerak. Yamal, Olmo va Rafinya oldinda Torres bilan birga harakat qilishni yaxshi ko'rishadi. Biroq "o'nlik" nuqtasida Rafinya o'ynasa, chap qanotda Reshford uchun joy ochiladi. Markus markazda ham, qanotda ham o'yin tajribasiga ega. Poziciya bo'yicha mantiqan to'g'ri transfer. Shuningdek uni ro'yxatdan o'tkazish ham osonroq bo'ladi, sababi faqatgina 10 million evro maosh masalasi bo'ladi. Qolgani qanday ketishi esa murabbiy Flikning pedagoglik qobiliyatiga bog'liq.

Xans-Diter bu transferga rozilik berganidan bilish mumkinki, u Reshfordni to'g'ri yo'lga solishiga ishonmoqda. Kim biladi deysiz, balki germaniyalik ham xuddi Mourinodek adashayotgandir. Portugaliyalik Reshford va Pogba MYUda uning qo'l ostida katta yulduzlar darajasiga chiqishiga ishongandi. Biroq hech nima o'xshamadi. 


Reshford katta o'yinlarni sog'ingan bo'lsa ajab emas

Brunu Fernandeshning uzatmalari MYU forvardlarini ortiqcha asabbuzarlikdan qutqargani aniq. Biroq "qizil iblislar" ikki yil avval Evropa Ligasida "Barselona"ni mag'lubiyatga uchratgan bo'lsalarda, anchadan buyon eng yuqori darajadagi o'yinlardan chetda qolmoqda, Flik esa "Barselona"ga mana shu jihatni kafolatladi. Murabbiy cheklangan byudjet bilan ham farq qila olmoqda. Xansi faoliyatida muvaffaqiyatlar bilan bir qatorda omadsizliklar ham uchraganiga qaramay, Reshford uchun bu imkoniyat va u "Barselona"ga imkon qadar ko'proq foyda keltirishi zarur. Yamal, Rafinya va Olmo angliyalik maydonda faoliyatini qayta jonlantirishida yordamchi bo'lishadi.


O'tgan mavsum La Ligada Olmo va Torres 10 tadan gol urishdi. Dani odatdagidek malum vaqt jarohatlar tufayli lazaretda qolgan bo'lsa, Ferran faqatgina Levandovskining o'rinbosari sifatida edi. Reshford esa polshalik futbolchiga ko'proq dam olish imkoniyatini yaratib berishi mumkin. Flik uchun Levandovskining holati muhim. "Inter"ga qarshi Robert jarohatdan endi qaytgandi va zaxiradan tushib, jamoani qutqarib qola olmadi. Flikka shu pallada hujumning ikkinchi to'lqini etishmadi. Olmo va Torres doim ham bir xilda top darajada o'yin ko'rsata olmaydi.

Hujum chizig'ini kuchaytirish kerak edi, lekin "Barselona"ning moliyaviy imkoniyatlari cheklangan. 2,5 million evro evaziga ular asli suriyalik Bardjini Shveciyadan taklif qilishdi. Runi hozircha "Barselona B"ga qo'shildi, asosiy jamoa esa Reshfordning gollariga muhtoj. Markus "Barselona"da Lineker darajasiga chiqishiga ishonish qiyin. Gari kataloniyaliklar safida 138 ta o'yinda 51 ta gol urgan. "Tottenxem" forvardini asosiy tarkib uchun taklif qilishgan. Reshford esa zaxirada o'z vaqtini kutishi va boshqa narsalarga chalg'imay, imkoniyatidan unumli foydalanishi kerak.

Markusni chinakam professional deyish qiyin. "Aston Villa"dagi tanishtiruv marosimiga u qanday kelgani yodingizda bo'lsa kerak. Tarmoqlarda Reshfordning "Rokki" qaxramoni kabi mashg'ulotlar olib borayotgani aks etgan postlar ko'p uchraydi, lekin statistikani bu bilan aldab bo'lmaydi. "Aston Villa"da forvard 2-3 ta gol urdi va uzoq qolmadi. "Barselona" zaxirasida esa Markus yanada kuchli motivaciya bilan yaxshiroq o'yin ko'rsatishi mumkin. O'rtaga Reshfordning orzusi – JCH-2026 uchun Angliya qaydnomasidagi o'rin qo'yilgan.


Xorijiy saytlar asosida Omonjon To'xtamirzaev tayyorladi

Reyting: +5   

Fikrlar

   
21 iyu 19:36:16
Shahboz4
Иқтидорли футболчи барсада очилиб кетса кк унверсал
   
21 iyu 18:14:34
abbos juraev
Aqqilsiz transferlar bilan transfer bozorda ko'rinib turib puldi qanday tejayotgani.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика