"Tottenxem" "Real" vingerini sotib olmoqchi
23 iyu 12:00
Yangiliklar
As xabariga ko'ra, London klubi "Real" vingerini sotib olishga qiziqish bildirmoqda. Avvalroq o'yinchiga "Liverpul", "Bavariya", "Arsenal" va "Chelsi" qiziqish bildirgani haqida xabarlar paydo bo'lgan edi.
Takidlanishicha, Evropa Ligasida g'alaba qozonganidan so'ng "shporlar" jamoa asosini nafaqat saqlab qolishni, balki uni mustahkamlashni xohlaydi. Shu bilan birga, klub boshqaruvi raisi Daniel Levi Rodrigoning narxini 90 million evrodan pastroqqa tushirishga harakat qilib ko'radi.
Hozircha hech bir klub "Real" bilan muzokara olib bormadi – faqat braziliyalikning vakillari bilan dastlabki aloqalar bo'lgan. Futbolchining o'zi kelajagi masalasini Madrid jamoasi bosh murabbiyi Xabi Alonso bilan muhokama qilmoqchi.
O'tgan mavsumda La Ligada Rodrigo 30 o'yin o'tkazib, 6 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar