Lyov kutib tursin (mutolaa uchun)
21 iyu 14:30
Yangiliklar
Bundan buyon O'zbekiston terma jamoasi har doim Jahon chempionatiga chiqa olishiga shubham yo'q. Bu ishtirokchilar sonining kengayishi bilan ham, o'zbek futbolining rivojlanishi bilan ham bog'liq. Birinchi Jahon chempionatiga terma jamoani aynan o'zbekistonlik murabbiy olib borishi ramziy manoga ega.
Hozirda yangi murabbiy o'rniga xorijlik mutaxassis nomzodi ko'rilayotgani haqida ko'p gapirilmoqda. Bu mantiqan to'g'ri, chunki terma jamoaning eng muvaffaqiyatli murabbiyi aynan xorijlik murabbiy hisoblanadi. Sloveniyalik Srechko Katanec. Albatta, yil boshida betobligi tufayli ketib qolgani ham o'z tasirini ko'rsatdi. Agar Srechko Jahon chempionati oldidan qaytishga qaror qilganida, uning tayinlanishiga ko'pchilik etiroz bildirmagan bo'lardi. Adolat va nostalgiya nuqtai nazaridan. Yaqinda ham ko'pchilik Srechkoni o'ta tartibli futboli uchun tanqid qilgan va hatto Osiyo Kubogida Qatardan engilib, musobaqani tark etganidan keyin istefoga chiqishini so'ragandi. Biroq hozir hamma xafa.
Shu sababli, Kapadzening paydo bo'lishi, qisman Katanec tomonidan belgilangan muvaffaqiyatli yo'nalishning davomi sifatida, ammo yanada qiziqarli futbol bilan – butun mamlakat uchun murabbiylarni, shuningdek, futbolchi-murabbiy-O'FA zanjiridagi o'zbek futbolidagi uyg'unlik va o'zaro ishonchni targ'ib qilish uchun katta imkoniyat. Futbolchilar Kapadzega ishonmoqda. Ular o'rtasida o'zaro aloqa o'rnatilgan. U hamkasblari orasida hurmatga sazovor bo'lgan yosh mutaxassis. Kapadze Ravshan Ermatov bilan ham iliq munosabatlarga ega.
Yangi murabbiyning kelishi esa katta musobaqaga tayyorgarlik ko'rish uchun vaqt borligini anglatadi. Ko'pchilik bir yil etarli deb yozadi. Lekin ishonch yo'q. Zero, O'zbekiston terma jamoasining rasmiy o'yinlari qolmadi. Oldinda CAFA Kubogi va bir nechta o'rtoqlik o'yinlari turibdi. Shu bilan tamom. Yangi mutaxassis o'zbek futbolchilarining imkoniyatlarini oxirigacha o'rganmasligini tushunish kerak. U hatto hamma bilan tanishib ham ulgurmaydi. Madaniyatni, mentalitetni tushunmaydi. Bu esa juda muhim. Qolaversa, amaliyot shuni ko'rsatdiki, motivaciyaga ega va motivaciyasiz O'zbekiston terma jamoalari mutlaqo boshqa-boshqa jamoalardir. Kuzda Toshkentga legionerlarsiz keladigan Eron bilan o'yinda yoki jiddiy bo'lsa-da, umuman motivatsiyasi bo'lmagan raqiblar bilan o'rtoqlik uchrashuvlarida O'zbekiston terma jamoasida qanday motivaciya bo'ladi? Demak, Jahon chempionatiga yangi murabbiy kelgan terma jamoa, kim bo'lishidan qati nazar, xom yo'l bilan boradi. Bu esa juda katta xavf.
Yangi murabbiylikka nomzodlar orasida Yoaxim Lyov nomi ham bor. Unga o'zbek futbolining ko'plab muxlislari qiziqadi. Avvalroq u 17 yil davomida Germaniya terma jamoasida ishlagan va u bilan jahon chempionligini qo'lga kiritgan. Lyovning tayinlanishida hech qanday yomon narsa yo'q, ammo JCHdan keyin va darhol besh yillik shartnoma bilan. Ayni damda u 4 yildan beri murabbiylik qilmayapti. O'zbekiston terma jamoasi ham Germaniya emas. Lyov hech qachon cheklangan resurs bilan ishlamagan. Futbolchilarimizga bo'lgan samimiy muhabbatimga qaramay, Shomurodov Kloze emas, Masharipov O'zil emas, O'runov Myuller emas. Hatto Abbos ham Gyoce emas, Husanov ham Xummels emas.
Bazi jurnalist va blogerlar hozirning o'zida Lyovni taklif qilish zo'r bo'lishini, u O'zbekiston terma jamoasiga xorij matbuoti etiborini tortishini aytishmoqda. Misol tariqasida Jahon chempionatida matbuot etiboridan chetda qolgan Togo terma jamoasini keltirishmoqda. Shunday bo'lishi ham mumkin, faqat etibor O'zbekistonga emas, oradan 4 yil o'tib, eski xotira bo'yicha manfaatli taklif kiritilgan Lyovning shartnomasiga qaratiladi. Buning ustiga, tayyoriga kelishni taklif qilishdi. Xalqaro jurnalist sifatida aytishim mumkinki, Lyov faqat birinchi matbuot anjumanidagina qiziqarli bo'ladi. Undan O'zbekiston terma jamoasiga qanday paydo bo'lib qolgani va "normal" darajaga qaytmoqchi ekanligi haqida so'rashadi. Balki Husanov va Gvardiola haqida biror narsa so'rashar. Shu bilan tamom.
Bunday yondashuv xorijiy ommaviy axborot vositalari va ekspertlar tomonidan tushunmovchilik va kulgidan tashqari boshqacha munosabatni keltirib chiqarishiga shubha bor. Va xorijda aynan "asossiz ravishda o'z murabbiyini reklama qilingan yulduz uchun surib qo'yish" sifatida taqdim etiladi. Va bu boshqa barcha muammolarni Lyov yoki boshqa ajoyib mutaxassis nomi bilan niqoblash istagi kabi ko'rinadi. Bu xuddi uyda gulqog'ozi yirtilgan devorga juda qimmat kartina osib qo'yishdek – o'zbek futboliga nisbatan to'g'ridan-to'g'ri hurmatsizlik.
Hozirgi vaziyatda har qanday xorijlik murabbiy katta pulga ishlaydi. Allaqachon yaxshi byudjet ajratilgan. Ammo yakuniy qaror qabul qilinmagan. O'zbekiston terma jamoasidagi xorijlik mutaxassis "million dollar" va masuliyat ostida qolishi tabiiy. Xo'sh, qanday futbol ko'ramiz? Katanecnikidan ham yomonroqmi? Murabbiy o'yinchilarni to'liq tushunmaydi va ularga ishonmaydi. Yakunda futbolchilar himoyaga o'tirishadi. Hech qanday kombinacion futbol haqida gap ketmaydi.
Shuning uchun o'zbek futbolchilari uchun hech qanday reklama, ayniqsa, hujumkor reja bo'lmaydi. Ularning barchasi himoyada yuradi, hujumda tashabbus ko'rsatmaydi, chunki murabbiy shartli Franciyadan 6 ta to'p o'tkazib yubormaslik uchun o'z vazifalariga sodiq qoladi. Jamoaga bo'lgan qiziqish bosh murabbiyning ismi bilan emas, o'yin sifati bilan o'lchanadi. Siz shartli Manchinini yollab, muvaffaqiyatga erisha olmasligingiz yoki 2022 yilda Tunisda bo'lgani kabi deyarli hech kim tanimanydigan Jalil Kadri bilan mundialga kelib, Franciya terma jamoasini mag'lub etishingiz mumkin. Umuman, o'tgan Jahon chempionatida Kapadze bilan bog'liq holatga o'xshash kamida ikkita keys bo'lgan va har ikkisida ham mahalliy murabbiylar foydasiga tanlov qilingan.
Birinchi keys – Cheslav Mixnevich va Polsha terma jamoasi. Polsha yoshlar jamoasining sobiq murabbiyi polshaliklar guruhdan 2-o'rin bilan chiqib, pley-off bosqichiga yo'l olganidan keyin kutilmaganda istefoga chiqqan portugaliyalik Paulo Souza o'rniga keldi. Xabaringiz bor, Rossiyaga qarshi o'yin bekor qilinib, Polsha avtomatik ravishda keyingi bosqichga yo'l oldi va Mixnevich qo'l ostida Shveciyani turnirdan chiqarib yubordi. Jahon chempionatida esa polyaklar 1/8 finalga yo'l olishdi va u erda bo'lajak finalchi Franciya terma jamoasiga yutqazishdi. 1:3.
Ikkinchi va eng namunali keys – Valid Rigari va Marokash terma jamoasi. Valid Jahon chempionati boshlanishiga ikki oy qolganida terma jamoani qabul qilib oldi. U Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritgan bosniyalik Vohid Xalilxojichning o'rnini egalladi. O'ylaymanki, marokashliklarning muvaffaqiyati haqida hamma biladi – tarixda birinchi marta JCH yarim finali.
Hozir dunyoda o'z murabbiylariga tayaanish – moda. O'tgan Jahon chempionatida milliy mutaxassislar boshchiligida 23 ta terma jamoa tashrif buyurgan edi. Chet elliklar asosan osiyoliklar va amerikaliklarni olib ketishdi, shunda ham etakchilar emas. Evropaliklar va afrikaliklar asosan o'z murabbiylariga tayanishadi. Qizig'i, 16 nafar prey-off ishtirokchisidan 15 tasida mahalliy murabbiylar ishlagan. Keyingi bosqichda esa xorijlik murabbiylar qolmadi.
Nega shunday? Trenerlik cexi reklamasi haqida gapirishdi, vatanparvarlik haqida shundoq ham hammasi tushunarli. Ammo eng muhimi – aqldan ozdiradigan bosim yo'q, ayniqsa, gap top-jamoalar haqida ketmaganda. O'sha Kapadze. Ko'p millionli maoshi yo'qligi, vatanparvarligi va JCHdan keyin baribir shartli Lyovga almashtirilishi mumkinligini tushungani uchun u o'zi va yigitlarni so'nggi jangga tayyorlaydi.
O'zbekiston chempionatga siqilib emas, nafas olib borishi kerak. Shimoliy Amerika o'ziga ishongan va ochiq odamlarni yaxshi ko'radi. Yo'q joydan sarguzasht izlovchilarni yaxshi ko'radi. Kim hech kim bo'lgan bo'lsa, u hamma bo'ladi.
Qo'rqish kerak emas. O'zingizga ishonishingiz kerak va hammasi yaxshi bo'ladi. 2016 yilda Islandiya terma jamoasini eslang. Aynan islandiyalik muxlislar xitobini o'zbekistonlik muxlislar o'zlashtirib olishdi. Demak, O'zbekiston terma jamoasini ham vikinglar jamoasi bilan bog'lashadi. Aynan o'sha islandiyaliklar uchun muvaffaqiyatli bo'lgan EVROdan so'ng ular haqida bor ovozda gapira boshlashdi. Ushbu jamoani mahalliy mutaxassis Xeymir Xadlgrimsson va mentalitetiga ko'ra yaqin bo'lgan shved Lars Lagerbek teng huquqli ravishda boshqargan. Qandaydir natijaga erishish uchun ularga besh yil va Islandiya futbolini mukammal tushunish kerak bo'ldi.
Aleksandr Troickiy
O’xshash yangiliklar

Fikrlar