So’nggi yangiliklar

10:16"Ливерпуль" собиқ устози Саудия клубини бошқаришга розилик берди  0 09:48Пеп Гвардиола Алекс Фергюсоннинг Премер-лигадаги рекордини янгилади  1 09:20"Реал Мадрид" саккиз нафар футболчисини сотишга тайёр - DC  2 08:53Нури Шаҳин кечаги ғалабадан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  2 08:25Sofascore. Шомуродов ва Файзуллаев кечаги учрашувда неча баҳо олишди?  5 07:59Грузиялик тўпурар ярим ҳимоячи водий жамоаси билан шартнома имзолади  9 07:31Ўткир Юсуповнинг "Фулад"даги тақдири маълум бўлди  8 02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  20 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дунёни асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  10 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  7 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  47 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1

O'zbekiston U-23 - Saudiya Arabistoni U-23. Eng yaxshi uch futbolchi kim bo'ldi? Yangiliklar

O'zbekiston U-23 - Saudiya Arabistoni U-23. Eng yaxshi uch futbolchi kim bo'ldi?

Kecha "Jar" stadionida ananaviy "Mirabror Usmonov xotira turniri" start oldi.

Unda Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston U-23 terma jamoasi ishtirok etmoqda. Raqiblar sifatida Saudiya Arabistoni va Yaponiya tanlangan.

Kecha O'zbekiston Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushdi va 3:1 hisobida ishonchli g'alabaga erishdi. Keling, uchrashuvning eng yaxshi uch futbolchisi haqida gaplashamiz.



Nodir Abdurazzoqov
O'ng qanot vingeri sifatida o'ynagan Nodir bahs davomida juda ham faol harakat qildi. 11-daqiqada aynan uning burchakdan uzatgan to'pidan keyin Jahongir O'rozov gol urishga erishdi. Ikkinchi taym boshida OKMKdagi klubdoshi Aziz Xolmurodovning to'p uzatishidan keyin Abdurazzoqov darvozaning uzoq yuqori burchagini aniq nishonga olib supergol muallifiga aylandi. O'yin oxirida Nodirning aqlli uzatmasidan keyin Asilbek Jumaev raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi, ammo gol ura olmadi.




Zafarmurod Abdirahmatov
O'ng qanot himoyachisi kechagi o'yinda ham yaxshi o'ynadi. Uning qanotida o'ynagan raqibning 17-raqamli futbolchisi Abdulkarim Darisini bir necha bor "xot-dog"ga yubordi. 18-daqiqadagi uning chiroyli va tezkor "yurishi"dan keyin Aziz Xolmurodov gol urishi mumkin edi. Umuman Zafarmurod o'zi uchun ajratilgan 56 daqiqa davomida o'zini yorqin tomonlama ko'rsata oldi.  



Diyor Ortiqboev
Shaxsiy fikrimga ko'ra kechagi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi aynan Diyor Ortiqboev bo'ldi. Asosiy tarkiblar chiqqan paytda tayanch yarim himoyasida ham, markaziy himoyada ham o'ynay oladigan Diyor aynan qaysi nuqtada o'ynashini ko'pchilik bilmadi. Ravshan Haydarov 3 nafar markaziy himoyachi bilan o'ynashni tanladi va Diyor himoyaning eng markazidan joy oldi. Aytish mumkinki bahs davomida u deyarli xato qilgani yo'q va men kutganimdan anchagina yaxshi o'ynadi. To'g'ri balki Saudiya Arabistoni hujumchilari ungacha etib borishmagandir, lekin Diyor o'yinga kirishgan barcha vaziyatlarda to'pni yutdi va ishonchli harakat qildi. 

Bu fikrlar faqat muallifning shaxsiy fikrlari hisoblanadi. Sizningcha eng yaxshi uch futbolchi kimlar bo'ldi? 


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика